Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazida mutloq tabiiy xladagentda ishlovchi markazlashgan tizim ishga tushdi

Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazida mutloq tabiiy xladagentda ishlovchi markazlashgan tizim ishga tushdi

2017- yilning 29-sentabr kuni Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazida mutloq tabiiy xladagentda ishlovchi havoni qayta yangilangan markazlashgan tizimini ishga tushirilishiga bag‘ishlangan bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Global ekologik jamg‘armaning hamkorlikdagi "Iqtisodiyoti o‘tish davridagi mamlakatlar hududida gidroxlorftoruglerodlardan (GXFU) foydalanishning jadal qisqartirishning birlamchi bajarilish - O‘zbekiston" loyihasi doirasida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ko‘magida o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasida ozon yemiruvchi moddalardan foydalanishni qisqartirishga qaratilgan ushbu hamkorlikdagi loyihaning asosiy yo‘nalishlaridan biri bu – havoni sovutish va konditsionerlash tizimida muqobil xladagentlar qo‘llanilgan namoyish loyihalarni amalga oshirish hisoblanadi.

Shunday loyihalardan biri Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazida havoni sovitishni ta’minlab beruvchi ikkita eski chillerni tabiiy xladagent - ammiakda (NH3) ishlovchi ikkita yangi chillerga almashtirish loyihasi bo‘ldi. Avvalgi eski chillerlar ozonni yemiruvchi sovitish agenti – GXFU22 dan foydalanilgan.

Ozon yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoli talablariga ko‘ra, unga a’zo Tomonlar XFU (xlor ftor uglerod) sinfiga mansub xladagentlarning kimyoviy moddalarini iste’moldan chiqarib tashlash, so‘ng bosqichma-bosqich GXFU (gidro ftor xlor uglerod)dan foydalanishni batamom qisqartirish, 2030-yilga kelib esa barcha rivojlangan mamlakatlar mazkur sinfga mansub bo‘lgan  barcha xladagentlarni iste’moldan chiqrish majburiyatini olgan.

O‘zbekiston 1993-yildan buyon Monreal protokoli yuzasidan olingan majburiyatlarni muvafaqqiyatli bajarib, ozon qatlamiga xavf solmaydigan texnologiyalarga o‘tish jarayonlariga faol jalb etilgan. Ammiak,  uglerod dioksidi va uglevodorodlardek tabiiy xladagentlar ozon qatlamiga hamda iqlim o‘zgarishiga xavf solmaydigan muqobil moddalar hisoblanadi.

Mazkur namoyish loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik bir yildan ortiq davom etib, bir necha bosqichlarda o‘tdi. Ammiakli chillerlarni ishlab chiqaruvchi ilg‘or kompaniyalardan biri Chexiya Respublikasidagi Djonson Kontrolc Interneyshnl (JOHNSON CONTROLS INTERNATIONAL spol. s r.o.) hisoblanadi. Kompaniya vakillari

i tayyorlash, o‘rnatishning barcha bosqichlarida ishtirok etdi. Mazkur yangi tizim Internet tarmog‘i singari zamonaviy boshqaruv tizimigi ulanishi kutilmoqda, bu esa o‘z navbatida chillerni uzoq masofadan turib kuzatish imkonini beradi.

Havoni konditsiyalashning markazlashgan tizimini almashtirishga yo‘naltirilgan namoyish loyihasining umumiy qiymati 500 ming AQSH dollarini tashkil etib, yarmidan ko‘pi hamkorlikdagi "Iqtisodiyoti o‘tish davridagi mamalakatlar xududida gidroxlorftoruglerodlardan (GXFU) foydalanishning jadal qisqartirishning birlamchi bajarilish - O‘zbekiston" loyihasi mablag‘laridan moliyalashtirildi. Mablag‘larning qolgan qismi Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan moliyalashtirilmoqda.

Tadbir ishtirokchilari markazda o‘rnatilgan ushbu yangi chiller bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. 


2017-09-29

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika