Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > CHIQINDILAR – UMR ZAVOLI

CHIQINDILAR – UMR ZAVOLI

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Toshkent shahar hududiy inspeksiya xodimlari bilan birgalikda Toshkent shahrining barcha tumanlarida chiqindilar bilan ishlash borasida qator tadbirlar o‘tkazildi. Siz, aziz o’quvchilarni mazkur tadbirlar natijalaridan xabardor qilishni lozim topdik.

YUNUSOBOD TUMANI

Xususan, Yunusobod tumanida jami 8 ta sanitar tozalash korxonalari mavjud bo‘lib, shundan yettitasi xususiy muqobil kompaniyalar, bittasi “Maxsustrans” ATK korxonasidir. Yunusobod tumanining 13-mavzesidagi “Madali servis” muqobil kompaniyasiga qarashli hudud o‘rganilganida, mazkur kompaniyaga qarashli 16 ta chiqindi yig‘ish maydonchalarining aksariyati ta’mirtalab holatda ekanligi hamda sanitar norma qoidalariga mutlaqo javob bermasligi aniqlandi. Jumladan, “Yangibog‘” mahallasidagi 15 va 16 chiqindi yig‘ish maydonchalari ko‘zdan kechirilganida, kanalizatsiya va suv tizimi tarmoqlari mavjud emasligi, ularda tegishli bo‘lmagan chiqindilarning yig‘ilishi (qurilish chiqindisi, temir-tersak, yog‘och, shox-shabba va boshqalar) holatlari namoyon bo‘lgan. Xuddi shunday holat yuqoridagi kabi “Orifjon servis” muqobil kompaniyasiga qarashli hududda ham ko‘zga tashlandi.

“Yangibog‘” va  “Obod” MFY qarashli hududlarda 5 ta ruxsat etilmagan chiqindixona borligi aniqlandi. Ularni bartaraf etishga 3 ta maxsus texnika, 6 ta ishchi kuchi jalb qilinib, qariyb 13 tonna chiqindi olib chiqib ketildi.

MIRZO ULUG‘BEK TUMANI

Mirzo Ulug‘bek tumanida 6 ta sanitar tozalash korxonasi bo‘lib, beshtasi xususiy muqobil kompaniyalar, bittasi “Maxsustrans” ATK korxonasidir. Tumanning Qorasuv-2 mavzesidagi “Maxsustrans” korxonasiga qarashli hududda joylashgan “Sadaf” to‘yxonasining yon tarafida ruxsat etilmagan chiqindixona borligi, shuningdek Qorasuv-1 mavzesidagi 53-sonli chiqindi yig‘ish maydonchalari yon-atrofida ham turli xildagi chiqindilar, shox-shabbalar sochilib yotganligi ma’lum bo‘ldi.

Qorasuv-1 va 2-mavzelarda 2 ta noqonuniy chiqindixona aniqlandi. Ularni bartaraf etishga 2 ta maxsus texnika, 4 ta ishchi kuchi jalb qilinib, qariyb 5 tonna chiqindi bartaraf etildi.

SHAYXONTOHUR TUMANI

Shayxontohur tumanida 4 ta sanitar tozalash korxonasi bo‘lib, shundan uchtasi xususiy muqobil kompaniyalar, bittasi “Maxsustrans” ATK korxonasi sanaladi. Tumandagi markaz-14, “Xadra” MFYda hamda “Xadra obod servis” muqobil kompaniyalariga qarashli hududlar o‘rganilganida, 7 ta chiqindi yig‘ish maydonchalarining aksariyati ta’mirtalab ahvolda ekani va sanitar norma qoidalariga javob bermasligi aniqlandi. Jumladan, “Xadra” mahallasidagi 2 chiqindi yig‘ish maydonchasida suv tizimi tarmoqlari mavjud emasligi achinarli hol, albatta.

“Xadra” MFY qarashli hududlarda 3 ta noqonuniy chiqindixona aniqlandi, ularni bartaraf etishga 1 ta maxsus texnika, 8 ta ishchi kuchi jalb qilinib, qariyb 12 tonna chiqindi bartaraf etildi. “Chaqar” MFY qarashli hududlarda ham yuqoridagi ahvol ko‘zga tashlangan.

Bundan tashqari, “Furqat 8” XUJMSH hududida shox-shabba va qurilish chiqindilari uyulib yotganligi ma’lum bo‘ldi. Zudlikda XUJMSH rahbariga chiqindilarni olib chiqib ketish borasida ko‘rsatmalar berildi hamda “Maxsustrans” ATK korxonasi bilan chiqindilarni olib chiqib ketish uchun shartnoma tuzilishi lozimligi uqtirildi. Kelgusida yuqoridagi masalalar yuzasidan yig‘ilishlar va tushuntirish ishlari olib borilishi yuzasidan kelishib olindi.

 

(davomi bor)


2017-10-05

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika