Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > UCHTEPA TUMANIDA SAKKIZTA RUXSAT ETILMAGAN CHIQINDIXONA ANIQLANDI

UCHTEPA TUMANIDA SAKKIZTA RUXSAT ETILMAGAN CHIQINDIXONA ANIQLANDI

Uchtepa tumanida 5 ta sanitar tozalash korxonasi bo‘lib, shundan to‘rttasi xususiy muqobil kompaniyalar, bittasi “Maxsustrans” ATK korxonasidir. Tumanning 11-12 mavzelarida “Nasaf plyus servis” muqobil kompaniyasiga qarashli hudud o‘rganilganida, unga tegishli 13 ta chiqindi yig‘ish maydonchalarining 010, 003, 002, 008-sonli maydonchalari sanitar norma qoidalariga rioya qilgan holda ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. Lekin kompaniyaga qarashli 11,12-mavzelar hududdagi ba’zi uylar atrofi, turli xildagi chiqinidilar, shox-shabbalar uyulib yotganligi aniqlandi.

Yuqoridagi holat “Xalq kvartal servis” muqobil kompaniyasiga qarashli hududlarda ham ko‘zga tashlandi. Kompaniyaga qarashli 24-mavze hududidagi ba’zi uylar atrofida turli xildagi shox-shabbalar, qurilish chiqindilari yig‘ilib qolganligi aniqlandi.

Uchtepa tumaniga qarashli hududlarda jami 8 ta ruxsat etilmagan chiqindixona aniqlandi. Ularni bartaraf etish uchun to‘rtta maxsus texnika, o‘nta ishchi kuchi jalb qilinib, qariyib besh tonna chiqindi olib chiqib ketildi.


2017-10-09

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika