Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > TIRIK DARAXTNI KESISH VAHSHIYLIK EMASMI?

TIRIK DARAXTNI KESISH VAHSHIYLIK EMASMI?

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan tabiatni asrab-avaylash, uning xilma-xilligini saqlash va rivojlantirish, kelajak avlodning sog‘lom muhitda kamol topishiga shart-sharoitlar yaratish maqsadida aholi o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Sir emas, daraxt va butalarning yashil yuzasi is gazini yutib, inson hayoti uchun zarur bo‘lgan kislorodni chiqaradi. Bu fanda fotosintez jarayoni deb ataladi. Bundan tashqari, daraxt va butalar azot oksidi, oltingugurt, ftorli vodorod, kislota bug‘i balansini ushlab turishda ham muhim rol o‘ynaydi.

So‘nggi yillarda tabiatdan foydalanishning kuchayishi oqibatida, yurtimizda ko‘plab noyob madaniy va yovvoyi o‘simlik turlari kuchli antropogen ta’sir ostida qolib, ularning soni qisqarib, ba’zilari esa butunlay yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida qolgan. Shuningdek, manzarali chinor, eman, shumtol, akatsiya va tabiiy holda o‘suvchi saksovul, cherkez, qandim, yulg‘un kabi o‘simliklarning insoniyat tomonidan xomashyo sifatida ayovsiz o‘zlashtirilishi ularning kamayishiga olib kelmoqda.

Ayniqsa, yurtdoshlarimiz orasida tabiiy boyliklarimizdan xo‘jasizlarcha foydalanish holatlari hamon uchrab turibdi.

Toshkent viloyatining Toshkent tumani hududida joylashgan sobiq “Chalaqozoq” YPX IIB maskaniga yetmasdan, Toshkent tumanining “Uch qahramon” hamda “Xasanboy” hududi bilan chegaradosh qismida Kamaz rusumli davlat raqami 01O023EA hamda Gazel rusumli davlat raqami 01A608VA yuk avtoulovlari tekshiruvdan o‘tkazilganida, avtoulovlar yukxonasida chinor daraxtining tana bo‘laklari borligi aniqlandi. Tekshiruvlar ushbu chinor daraxtlari noqonuniy tarzda kesilganligini ko‘rsatdi. Bunda fuqaro J.Salixodjayev O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga muvofiq jarimaga tortildi.

Yuqoridagi kabi holat Mirobod tumanida yashovchi N.Yusupova tomonidan ham sodir etilgan. N.Yusupova 1 tup zarang manzarali daraxtini noqonuniy tarzda kesib tashlagan, natijada o‘simlik dunyosiga 2 911 626 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Fuqaro A.Mamatxonov ham atrof tabiiy muhitga ancha jiddiy zarar yetkazdi. Toshkent shahar Yashnobod tumani Qorasuv ko‘chasi, 31-uy, 29-A yotoqxona, 29-V yotoqxona va sport maydonchasiga A.Mamatxonov tashabbusi bilan olib kelingan yollanma ishchilarning o‘zboshimchalik bilan daraxtlarni kesishi natijasida 34 860 131 so‘m miqdorida o‘simlik dunyosiga zarar yetkazilganligi aniqlandi. Mazkur hudud atrofida olib borilgan o‘rganishlar davrida, jami 17 tup o‘sish holatidagi, shundan 1 tup terak, 16 tup manzarali chinor daraxtlari noqonuniy kesilganligi ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagi holatlar bir misol aslida. Bunday ayanchli manzaraga tez-tez guvoh bo‘lmoqdamiz. Daraxtlarning noqonuniy kesilishiga to‘lanadigan jarima miqdori kimlar uchundir arzimasdek tuyulishi mumkin. Biroq, o‘simlik olamiga munosabat shu tariqa davom etaversa, zarar qoplangani bilan kesilgan daraxtlar yana o‘z holiga qaytarmikin?

Siz bunga nima deysiz, aziz o‘quvchi!

 

A.Azimov,

A.Sherov.


2017-10-17

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika