Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > MUNOSIB MEHNAT - MUNOSIB RAG‘BAT

MUNOSIB MEHNAT - MUNOSIB RAG‘BAT

Namangan viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining ishchi-xodimlari Mingbuloq tumanida fermer, dehqonlarning zahmatli mehnati evaziga yetishtirilgan “oq oltin”ni yig‘ib-terib olishda faol ishtirok etishmoqda. “Namangan” muqobil mashina traktor parki hududidagi  “Qosimjon  Nishonov”, “Oqqum obodligi”, “Mohitabon Darvisheva”, “Ahmedov Baxtiyor”, “Ergashali Inobat”, “Ulug‘bek Mo‘minjon o‘g‘li” kabi fermer xo‘jaliklari dalasida yetishtirilgan paxtani nes-nobud qilmay terib olinishida boshqarma xodimlarining ulkan hissasi bor.

– Dehqonlarimizning erta bahordan buyon qilgan zahmatli mehnati evaziga yetishtirilgan paxtani bir misqolini ham qoldirmay,  yig‘ishtirib olishga bel bog‘laganmiz deydi, – boshqarma paxta shtabi rahbari Dilshodbek Ahmadaliyev. Agar xodimlarning mavsum boshidan buyon viloyatimiz ulkan paxta xirmoniga qo‘shgan hissasi haqida gapiradigan bo‘lsak, ularning sa’y-harakati bilan birgina Mingbuloq tumanining o‘zida 180 tonnadn ortiq hosil yig‘ishtirib olindi.

Boshqarma xodimlariga har hafta yakunida terimdan so‘ng madaniy hordiq chiqarishlari uchun turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, yaqinda o‘tkazilgan ana shunday tadbirlardan birida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Bahrom Qo‘chqorov ishtirok etib, hasharchilar bilan samimiy muloqot qildi. Yotoqxonada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Qo‘mita raisi tadbirda boshqarma xodimlarining viloyatning ulkan xirmoniga qo‘shayotgan munosib hissasini alohida e’tirof etdi.

 Mavsumda ishtirok etayotgan bir guruh ilg‘or hasharchi xodimlar  munosib taqdirlanishdi. Jumladan, Dilshodbek Ahmadaliyev, Akramjon Qo‘chqorov, Akbarali Hasanovlar qo‘mitaning tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek, tadbir davomida viloyat hokimi, boshqarma hamda kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari ham o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi. Havaskor xonandalar tomonidan kuylangan qo‘shiqlar davraga yanada fayz bag‘ishladi.


2017-10-20

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika