Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Chiqindi qutilaridagi smartfonlar: nega elektron chiqindilar kun sayin ko‘payib bormoqda?

Chiqindi qutilaridagi smartfonlar: nega elektron chiqindilar kun sayin ko‘payib bormoqda?

Noutbuk yoki planshet sotib olayotgan paytimizda, negadir uning uzoq muddat xizmat qilishiga ishonamiz. Biroq, u bir yil o‘tar-o‘tmas dabdurustdan ishdan chiqadi, ta’mirlash nihoyatda mushkul, balki buning iloji ham yo‘qdir. Shu tariqa gadjet chiqindi qutisidan joy oladi, uning egasi esa o‘ringa-o‘rin yangi uskuna sotib oladi.

Ishlab chiqarishdagi hiyla-nayranglar

Greenpeace xalqaro ekologik tashkiloti iFixit kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tadqiqotlarda, ayrim ishlab chiqaruvchilarning qurilmalarini ta’mirlash nihoyatda mushkul ekanligi aniqlangan. Bu ularning hech bir qiyinchiliksiz elektron chiqindilarga aylanishiga olib keladi.

Tadqiqotda ishdan chiqqan, yaroqsiz holga kelgan elektron uskunalarni nima uchun ikkinchi hayotga qaytarish oson emasligi sabablari keltirib o‘tilgan.

Xotira yoki qattiq diskni almashtirish avvalgidek oson ish emas. Plataga qalaylangan qismlar, uni ta’mirlashni qiyinlashtiradi.

Qurilma yoki uskunalarni pishiq-puxta tayyorlashning o‘rniga, aksincha ularni mo‘rt, tez sinuvchan qilib ishlashadi. Ba’zi bir turdagi smartfonlarni chilparchin qilish g‘oyatda oson. Hamma gap uning ustki qismini qoplab turgan oynasida, ya’ni ekranda. Ishlab chiqaruvchilar oynani qanchalik mustahkam materialdan ishlashga urinishmasin, negadir bugungi kunda gadjet ekranlarining ishdan chiqish holatlari tez-tez uchrab turibdi. Hozirda ko‘plab uyali aloqa vositalarining yangi avlodi ulkan ekranga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, ularning tez sinuvchanlik xususiyatiga ega ekanligi ajablanarli hol...

 

A.Abdulla tayyorladi


2017-11-02

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika