Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Korxonada kuniga 200 tonna chiqindi qayta ishlanadi

Korxonada kuniga 200 tonna chiqindi qayta ishlanadi

Mamlakatimizda aholi punktlarining sanitariya jihatdan tozaligini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, aholi turar joy mavzelari, ko‘p qavatli uylar atrofida namunaviy loyihalar asosida chiqindi to‘plash punktlari tashkil etilib, maxsus konteynerlar o‘rnatilgani atrof-muhit obodligi va ozodaligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Hududlardagi maishiy chiqindilarni tashib ketishni tashkil etish va ulardan foydalanish sohasida nafaqat davlat tashkilotlari, balki xususiy tadbirkorlik subyektlari ham muayyan ishlarni amalga oshirmoqda.

Buni Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar misolida ham ko‘rish mumkin.

Ilgarilari aholi xonadonlaridan chiqariladigan turli maishiy chiqindilarni tashib ketish ishlarini tashkil etish, eng avvalo, bunday chiqindilarni to‘plash, utilizatsiya qilish hamda qayta ishlash bo‘yicha mukammal tizim yo‘lga qo‘yilmagan edi. Natijada aholi punktlaridan uzoqroqda joylashgan chiqindilar to‘planadigan maxsus poligonlar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena me’yorlariga to‘liq javob bermas, bu o‘z navbatida qo‘shni hududlarning sanitariya-epidemiologiya holatini yomonlashishiga olib kelardi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 21-apreldagi “2017–2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bunday muammolarni bartaraf etish, chiqindidan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlarni tartibga solishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Navoiy shahrida faoliyat boshlagan “Berejlivost” xususiy ishlab chiqarish korxonasi turli chiqindilarni yig‘ish, tashish va qayta ishlashga ixtisoslashgan. Bu yerda kuniga 200 tonnaga yaqin chiqindini saralab, qayta ishlash imkoniyati mavjud.

– Ayni paytga qadar shahar hududidagi ko‘p qavatli uylar atrofiga maxsus yerosti chiqindi konteynerlarini o‘rnatdik, – deydi korxona direktori o‘rinbosari Sanjar Adizov. – Aholi tomonidan chiqariladigan maishiy chiqindilarni saralab, qayta ishlash maqsadida tijorat bankidan olingan kredit mablag‘i hisobiga 600 ming dollarlik chiqindilarni saralash liniyasini keltirib, ishga tushirdik. Bu atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, chiqindidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Ayni paytda korxonada 20 kishi mehnat qilmoqda. Loyiha to‘la quvvat bilan ishga tushgach ishchilar soni 150 taga yetadi.

Korxonaga 750 ming dollar mablag‘ evaziga zamonaviy maxsus texnikalar xarid qilindi. Avtopark imkoniyatlari mamlakatimizda ishlab chiqarilgan texnika vositalari bilan kengaytirildi.

Korxona tomonidan yana bir yangi loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Maktabgacha ta’lim muassasasi hamda umumta’lim maktablari uchun mo‘ljallangan to‘rt bo‘lmali maxsus konteynerlar tayyorlanib, ta’lim muassasalarining chiqindi yig‘ish maydoniga o‘rnatiladi. Mazkur yerosti konteynerlarining afzalligi shundaki, har bir bo‘lma ma’lum turdagi chiqindi uchun ajratilgan bo‘lib, bu yosh avlodning atrof-muhit, tabiatga oqilona munosabatda bo‘lishi, har tomonlama madaniyatli bo‘lib ulg‘ayishiga xizmat qiladi.

 

Nuriddin Rahimov


2017-11-06

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika