Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Ijro intizomi – davr talabi

Ijro intizomi – davr talabi

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida “Ijro intizomini mustahkamlash, hujjatlar bilan ishlash, murojaatlarni qonun doirasida ko‘rib chiqish talablari hamda hujjatlarni arxivga topshirish masalalari” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Qo‘mita tizimidagi ijro intizomiga mas’ul xodimlarning mas’uliyatini yanada oshirish, tizimda qonun va qarorlar ijrosini sifatli ta’minlanishiga hamda murojaatlarni qonun talablari asosida ko‘rib chiqilishiga erishishdan iborat.

Ijro intizomi, hujjatlar bilan ishlash, ayniqsa jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylanib ulgurdi.

Bu borada, joriy yilning 11-sentabrida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasining tashkil etilishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 264-sonli “Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlarini yaqqol misol qilib keltirish mumkin.

Mazkur qonun va qarorlar ijrosini Qo‘mita tizimida belgilangan muddatlarda hamda sifatli ta’minlash borasida tizimda faoliyat yuritayotgan ijro intizomiga mas’ul xodimlardan katta mas’uliyat talab qiladi.

Aynan ijro intizomiga mas’ul xodimning o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashishi orqali tizimda qonun va qarorlar ijrosi sifatli ta’minlanishiga erishiladi. Bu esa, o‘z navbatida, Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qo‘shadi.

 

Davlat ekologiya qo’mitasi

Ijro intizomini nazorat qilish bo’limi


2017-11-08

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika