Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > KONI ZARARDAN FOYDA

KONI ZARARDAN FOYDA

Chiqindi koni zarar. Undan turli xil kasalliklar, noxush hid, turli gazlar tarqaladi. Bu atrof-muhit musaffoligiga, inson salomatligiga qanchalik salbiy ta’sir ko‘rsatishini hamma yaxshi biladi. Ammo to‘g‘ri boshqarilsa, oqilona foydalanilsa, chiqindi koni foyda ekan.

Ilgarilari aholi xonadonlaridan chiqariladigan turli maishiy chiqindilarni tashib ketish, eng avvalo, bunday chiqindilarni to‘plash, utilizatsiya qilish hamda qayta ishlash bo‘yicha mukammal tizim yo‘lga qo‘yilmagan edi. Natijada aholi punktlaridan uzoqroqda joylashgan chiqindi poligonlari sanitariya qoidalari, gigiyena me’yorlariga javob bermas, bu hududning ekologik holati yomonlashishiga olib kelardi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 21-apreldagi “2017–2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bunday muammolarni bartaraf etish, chiqindidan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlarni tartibga solishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Navoiy shahrida faoliyat boshlagan “Berejlivost” xususiy ishlab chiqarish korxonasi chiqindilarni yig‘ish, tashish va qayta ishlashga ixtisoslashgan. Bu yerda kuniga 200 tonnaga yaqin chiqindi saralanib, qayta ishlanmoqda.

– Ayni paytga qadar shahar hududidagi ko‘p qavatli uylar atrofiga maxsus yerosti chiqindi konteynerlarini o‘rnatdik, – deydi korxona direktori o‘rinbosari Sanjar Adizov. – Maishiy chiqindilarni saralab, qayta ishlash maqsadida tijorat banki krediti hisobiga 600 ming dollarlik uskuna olib kelib, ishga tushirdik. Bu atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, chiqindidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Hozir korxonada 20 kishi mehnat qilmoqda. Loyiha to‘la quvvat bilan ishga tushsa, ishchilar soni 150 nafarga yetadi.

Korxonaga 750 ming dollar mablag‘ evaziga zamonaviy maxsus texnikalar xarid qilindi. Korxona yana bir yangi loyihani amalga oshirishni rejalashtirgan. Maktabgacha ta’lim muassasalari hamda o‘rta ta’lim maktablari uchun mo‘ljallangan to‘rt bo‘lmali maxsus konteynerlar tayyorlanib, ta’lim muassasalarining chiqindi yig‘ish maydoniga o‘rnatiladi. Mazkur yerosti konteynerlarining afzalligi shundaki, har bir bo‘lma ma’lum turdagi chiqindi uchun ajratilgan bo‘lib, bu yosh avlodning atrof-muhit, tabiatga oqilona munosabati shakllanishi, ekologik madaniyati yuksalishiga xizmat qiladi.

 

Nuriddin RAHIMOV


2017-11-10

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika