Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH – ENG MAQBUL YO’L

CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH – ENG MAQBUL YO’L

Joriy yilning 24-noyabr kuni Xalqaro press-klubda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi soha mutaxassislari bilan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “2017-2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2916-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida so‘z bordi.

Ta’kidlandiki, bugun qaror ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda ekologiya va sanitariya muhitini yanada yaxshilash, aholi salomatligini mustahkamlash, shahar va qishloqlarimizning yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etishiga xizmat qiluvchi kompleks tadbirlar belgilandi va ular bugungi kunda muttasil amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi va viloyatlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzurida 13 ta “Toza hudud” davlat unitar korxonalari va ularning 174 ta tuman (shahar) filiallari tashkil etilib, 10 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

– Tuman (shahar) hokimiyatlari qoshidagi obodonlashtirish boshqarmalarining beg‘araz beriladigan mol-mulki xatlovdan o‘tkazilib, 1404 ta maxsus texnikalar, 4337 ta chiqindi to‘plash maydonchasi, 5660 ta konteyner, 120 ta poligon o‘rnatilgan tartibda "Toza hudud" DUKlar balansiga qabul qilindi, – deydi Sanitar tozalash sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkillashtirish bosh boshqarmasi boshlig’i Habibullo HUSANOV. – Undan tashqari abonentlarning elektron bazasini shakllantirish, to‘lovlarni qabul qilish va hisobini yuritishning elektron “Billing” tizimini hamda chiqindi tashish maxsus texnikalari harakatini masofadan “on-layn” rejimda kuzatish (GPS) tizimini joriy etish maqsadida, barcha “Toza hudud” DUKlari tomonidan «FUROR PROGRESS» xususiy korxonasi bilan shartnomalar imzolandi.

Qaror bo‘yicha 2017-yilda davlat byudjeti hisobidan 52,1 mlrd.so‘mlik 158 ta assenizatsiya avtomashinalarini xarid qilish belgilangan bo‘lib, “SamAvto” zavodining rasmiy dilerlari bilan 122 ta avtomashinaga umumiy qiymati 32,2 mlrd. so‘mlik shartnomalar imzolandi.

Hozirda 482 ta yangi chiqindilarni to‘plash maydonchalarini qurish bo‘yicha 358 tasining loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi. Shundan 289 tasi bo‘yicha pudratchilar bilan shartnomalar imzolanib, 261 tasi bo‘yicha qurilish ishlari boshlandi. 124 ta obyekt bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Shu bilan birga 2017-yilda 148 ta  chiqindi poligonlarini tartibga keltirish uchun 127 ta obyekt bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi. Shundan 102 tasi bo‘yicha pudratchilar bilan shartnomalar imzolanib, 79 ta obyekt bo‘yicha qurilish ishlari boshlandi, 16 ta poligon bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Mamlakatimizning 9 ta shahrida zamonaviy innovatsion texnologiyalarga asoslangan qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utillashtirish, qayta ishlash va ko‘mish klasterini tashkil etish bo‘yicha 9 ta tashabbuskor – tadbirkorlik subyektlari aniqlandi.

Shundan bugungi kunda loyihalar bo‘yicha 23 ta (9 ta saralash va 14 ta qayta ishlash uskunalari) va 307 ta maxsus texnika keltirilib, 3 ta saralash uskunasi ishga tushirildi hamda 6 ta zavodning qurilish ishlari nihoyasiga yetkazildi.

Bundan tashqari bugungi kunda xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan chiqindi poligonida chiqindilarni utlizatsiya qilish maqsadida 2 ta chiqindilarni saralash texnologik uskunalari olib kelinib, qurilish montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

Yil yakuniga qadar yangi xarid qilingan maxsus texnikalarni ishga tushirish, abonentlarning elektron bazasini to‘liq shakllantirish, to‘lovlarni qabul qilish va hisobini yuritishning elektron “Billing” tizimini hamda chiqindi tashish maxsus texnikalari harakatini masofadan “on-layn” rejimda kuzatish (GPS) tizimini to‘liq joriy etish, yangi chiqindilarni to‘plash maydonchalarini qurilish ishlarini yakunlash, chiqindi poligonlarini tartibga keltirish ishlarini oxiriga yetkazish, Respublikaning 11 ta shahrida (Nukus, Urganch, Navoiy, Buxoro, Qarshi, Termiz, Guliston, Jizzax, Angren, Namangan, va Farg‘ona shaharlarida) zamonaviy innovatsion texnologiyalarga asoslangan qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utillashtirish, qayta ishlash va ko‘mish klasterini tashkil qilish bo‘yicha loyihalarni davom ettirish rejalashtirilgan.

Anjuman davomida soha mutaxassislari OAV vakillari tomonidan atmosfera havosini, suv va suv resurslarini, yer va yer resurslarini, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish kabi qator ekologik muammolar yuzasidan berilgan savollarga atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Jamoatchilik va OAV bilan

ishlash bo‘limi


2017-11-24

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika