Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Toshkent shina tiklash zavodiga press-tur

Toshkent shina tiklash zavodiga press-tur

So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan tashkil etilayotgan media va press-turlarning asosiy maqsadi jurnalistlar hamda aholi keng qatlamini tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi eng yaxshi tajribalar, mazkur sohadagi mavjud muammolar hamda ularni hal etishga ko'maklashish to'g'risidagi boxabarligini oshirish hisoblanadi.

Bugungi kunda jadal sur’atlar bilan miqdori oshib borayotgan chiqindilarni boshqarish masalasi ularni utillashtirish bo'yicha sanoat quvvatlarini rivojlantirish zarurligini ko'rsatmoqda. Utillashtirish murakkab bo'lgan zaharli chiqindilar - ilgari foydalanishda bo'lgan avtomobil pokrishkasi va shinalarini qayta ishlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ishlatilib bo'lingan shinalar hajmi avtotransport vositalari soni bilan birga oshib bormoqda. Shu bilan birga ular hajmi katta rezinali chiqindilar bo'lganligi sababli qo'shimcha muammolarni yuzaga keltiradi, xususan, ko'p hollarda chiqindixonalarga olib boriladi yoki oddiygina tashlab ketiladi. Agar tabiiy sharoitda rezinali buyumlarning yuz yildan oshiq vaqt mobaynida parchalanishi hisobga olinsa, bu kabi chiqindilarning barqaror rivojlanishga qanday xavf solayotganini tasavvur qilish mushkul emas.

Turli ma’lumotlarga ko'ra, har yili jahonda 800-900 million eskirgan shinalar to'planadi va ulardan faqat 20 foizigina qayta ishlab chiqarishda qo'llaniladi.

O'zbekistonda ham bu kabi chiqindilarning to'planishi muammosi mavjud bo'lib, ularni qayta tiklash bilan shug'ullanuvchi korxonalar soni sanoqlidir. Foydalanishdan chiqgan shinalar uchun maxsus poligonlarning yo'qligi sababli, ular maishiy chiqindixonalarga tashlanadi. O'z navbatida, ularni qayta ishlash hamda ikkilamchi qo'llashni birinchi galdagi vazifalar qatoriga qo'shish ham ekologik, ham iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.

Avtoshinalarni tiklash va ular asosida rezino-texnik buyumlarni ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi korxonalardan biri bu - "Toshkent shina tiklash zavodi" MCHJ hisoblanadi. Korxona ishlab chiqarishni tashkil etish, kengaytirish, ilg'or texnologiyalarni joriy etish, texnik jihozlanish, ishlab chiqarayotgan mahsulotlar assortimentining kengayishi natijasida rezina-texnik buyumlarni, xususan, shpal va rels osti qistirmalari, zichlagichlar, transformator plastinalari, avtomobil saloni gilamchalari va suv sachratgichlari, rezina xom-ashyolari, shuningdek, sanoatning turli sohalari uchun rasmiy hamda norasmiy rezina-texnik buyumlarni ishlab chiqarish sohasida mustahkam o'rinni egallaydi.

Press-tur ishtirokchilari korxona maydonidagi qayta tiklash va rezina-texnik buyumlarni ishlab chiqarishda ekologik toza texnologiyalar joriy etilgan ishlab chiqarish sexlariga tashrif buyurdilar.

Jurnalistlar bilan bo'lgan uchrashuvda zavod mutaxassislari ta’kidlaganidek, ular qayta tiklaydigan texnologiyalarni tadbiq etish orqali o'z oldilariga aholidan, korxonalardan, turli muassasalardan xom ashyoni yig'ish tizimini tashkil etish vazifasini qo'ymoqdalar. O'zbekiston avtomobil parkining dinamik o'sishi eskirgan shinalarning doimiy to'planishiga olib keladi. Eskirgan shinalarning kichik ulushigina qayta ishlanadi, qolganlari esa ekologik vaziyatni murakkablashtirishga sabab bo'luvchi noqonuniy chiqindixonalarga yoki oddiygina ko'chalarga, mahallalarga tashlab ketiladi. Shu tufayli har bir fuqaro bu kabi chiqindilarni rezina-texnik buyumlarni ishlab chiqarish va qayta tiklash bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi korxonalarning qabul qilish joyiga topshirish orqali o'z hududlarining ekologik holatini yaxshilashga xissalarini qo'shishlari mumkin.

            O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi mutaxassislarining fikri bo'yicha, rezinali chiqindilarni utillashtirishning ekologik masalalarini hal etish, shuningdek, chiqindilarni qayta ishlash sohasida kichik  biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda kelgusida rag'batlantirish maqsadlarida bu kabi korxonalarni qo'llash, ikkilamchi xom ashyoni yig'ishda ko'maklashish muhim ahamiyat kasb etadi.

Chiqindilarni qayta ishlashni rivojlantirishning qonuniy asosini yaratish, xususan, chiqindilarni utillashtirish bo'yicha korxonalarga imtiyozli soliq solish, zaharli chiqindilarni yoqish hamda qo'mishni ta’qiqlovchi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, chiqindilarni alohida yig'ish ustidan tashkilotlar, aholi mas’uliyatini oshirish zarurdir.

 Shu tariqa shinalar va pokrishkalarni utillashtirishning ilg'or texnologiyalari va usullari eski shinalar asosida ko'plab xavfsiz hamda foydali buyumlarni ishlab chiqarish imkonini beradi.

 

O'zbekiston Respublikasi Tabiatni

muhofaza qilish davlat qo'mitasi

Axborot xizmati

 

 

 

 


2014-03-11

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika