Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Vetlandlar va qishloq xo'jaligi: rivojlanish maqsadlarida hamkorlik

Vetlandlar va qishloq xo'jaligi: rivojlanish maqsadlarida hamkorlik

Har yili, 2 fevral Suv-botqoq hududlar (World Wetlands Day)Butunjahon kuni sifatida nishonlanadi. Aynan  1971 yil 2 fevralda Eronning Ramsar shahrida «Xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan asosan suvda suzuvchi qushlar yashash joylari hisoblangan  suv-botqoq hududlar to'g'risida"gi global miqyosdagi xalqaro Konvensiyasi imzolandi.

Bu yil kunning mavzusi "Vetlandlar va qishloq xo'jaligi: rivojlanish maqsadlarida hamkorlik". An’anaviy tarzda O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, "Chinor" Ekologik nashriyot kompaniyasi, "O'zbekiston qushlarni muhofaza qilish jamiyati" hamkorlikda mazkur ekologik sanga bag'ishlab "davra suhbati" o'tkazdilar.

Unda tegishli vazirlik va idoralar, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari rahbar va vakillari, olim va ornitolog mutaxassilar hamda jurnalistlar ishtirok etdilar.

So'zga chiqqanlar ta’kidlaganidek, suvli-botqoqli hududlar yoki vetlandlar (ing.tilidan «wetland» - nam, suvli joy) deganda namlik darajasi yuqori, torfli botqoqlar, tabiiy  yoki sun’iy ochiq suv havzalari, suv ombori singari sun’iy suv havzalari va boshqalar tushuniladi.  Mazkur tabiiy komplekslar nafaqat chuchuk suv manbalari, rekreatsiya va turizmning istiqbolli  ob’yektlaridir, balki  hududning iqlim sharoitini barqarorligini saqlab qolish, muqim hamda ko'chib o'tuvchi qushlar uchun qulay istiqomat manzili bo'lib xizmat qilish, ularning tarixiy migratsion yo'llarini aniqlashdagi o'rni juda ham muhimdir.

Suv-botqoqli hududlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning muhim siyosiy usuli - Ramsar Konvensiyasi hisoblanadi. Hozirda 168 ta mamlakat, shu jumladan  O'zbekiston Respublikasi  ham mazkur Konvensiyaga  a’zo bo'lgan (Oliy Majlisning 2001 yil 30 avgust 278-sonli qarori). 

Bizning mamlakatimizda ornitofaunaning 32,5 %, bu esa 150 turi - suvda suzuvchi va suv havzasi atrofida suzuvchi qushlardir. Shuningdek, qushlarning barcha turlarining yarmidan ko'pi esa  qirg'oqbo'yi landshaftlari bilan keskin bog'liq..  Undan tashqari, O'zbekistonning 25ta suv-botqoqli hududlari global miqiyosida tazyiqqa ta’sirchan turlarining 75% uchun,  ya’ni 32 turning 24 turi uchun  istiqomat manzili bo'lib xizmat qiladi.

Mazkur suv xavzalari bular Qoraqalpog'istondagi "Joldыrbas", "Akpetki", "Sarыkamыsh", "Sudochye" ko'llari bo'lib, u yerda qushlarning 230ta turlari, Navoiy viloyatining Uchquduk tumanidagi "Oqsoy" va "Rogatoye" ko'llari (300ga yaqin qushlar turlari), Xorazm baliq xo'jaligi va Bogot hamda Yangiariq tumanlaridagi ko'llar (140 ta qushlar turlari), Buxoro viloyatidagi "Koraqir", "To'dako'l", "Quyimozor", "Zekri", "Ayakagitma" ko'llari (230dan ziyod qush turlari) hamda "Dengizko'l" (133ta qushlar turlari) va  Navoiy hamda Jizzax viloyatlaridagi "Aydar-Arnasoy"  ko'llar tizimi  (230 dan ziyod qushlar turlari).

Mazkur ko'llardan "Dengizko'l"  2001 yilda, "Aydar-Arnasoy"  ko'llar tizimi 2008 yilda Ramsar ro'yhatiga kiritilgan. Undan tashqari O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi Davlatbionazorati tomonidan "O'zbekiston, Qizilqum cho'lining janubiy-g'arbiy qismi, To'dako'l va Quyimozor suv omborlari -  yangi Ramsar hududlarni tashkil etish" loyihasi doirasida Ramsar Konvensiyasi Kotibiyatiga loyihadagi suv havzalarini Ramsar ro'yxatiga kiritish uchun nominatsiyaviy hujjat taqdim etildi.

O'zbekistonning suv-botqoqli hududlarining ko'pi, ya’ni 22 tasi suvda suzuvchi qushlarni monitoring qilish uchun muhim hududlar deb tanlangan. 2000 yildan boshlab har yili yanvar oyida suvda suzuvchi qushlarning hisobi olib boriladi. Hisobni O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining  Davlatbionazorati, Hayvonot va o'simlik dunyosining genofondi Instituti hamda "O'zbekiston qushlarni muhofaza qilish jamiyati" mutaxassilari  tomonidan olib boriladi. Bu yil mazkur tashkilotlarning joylardagi filiallari xodimlari va ornitologik talabalar klublari a’zolari shunday hisoblarni Toshkent, Samaqand, Buxoro viloyatlari hamda Farg'ona vodiysidagi muhim hisoblangan  suv xavzalarida o'tkazdilar.

Bo'lib o'tgan uchrashuvda, O'zbekiston qushlarni muhofaza qilish jamiyati tomonidan Biologik xilma-xillik resurslaridan barqaror foydalanish uchun ta’lim materiallari to'plamining taqdimoti bo'lib o'tdi. Mazkur o'quv paketi biologik xilma-xillikning alohidagi komponenti - qushlardan barqaror foydalanish uchun tematik o'quv paketi bo'lib, " O'zbekistonning qushlari bo'yicha qisqacha ma’lumotnomasi. 130ta turlari" va "O'zbekiston qushlarining fotosuratlari va ovozlari. 460 turlari"   CD-diskidan iborat. Mazkur paket  O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.

Uchrashuv yakunida ta’kidlanganidek, respublika hududlarining suvli-botqoqli hududlarning xalqaro ro'yxatiga kiritilishi, ularga xalqaro maqomni berib, mintaqadagi ekologik masalalarni hal etishda nafaqat xalqaro hamjamiyat bilan uzviy hamkorlik qilish imkoniyatini beradi, balki bu mamlakatimizning kelajak avlod uchun sog'lom ekologik atrof-muhitni shakllantirishdagi global jarayonlarda ishtirok etishga intilishi hamda tashabbusini yaqqol isbotlab turibdi.

 

O'zbekiston Respublikasi Tabiatni

muhofaza qilish davlat qo'mitasi

Axborot xizmati

 


2014-01-30

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika