Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Toshkent botanika bog'ining barqaror rivojlanishi yo'lida

Toshkent botanika bog'ining barqaror rivojlanishi yo'lida

Toshkent Botanika bog'i O'zbekiston Respublikasining noyob tabiiy ob’yekti hisoblanadi. Hududi Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika, Markaziy Osiyo, Yevropa, Uzoq Sharq, Qrim florasini namoyish etuvchi o'simliklar ekspozitsiyasi bo'yicha Markaziy osiyo mintaqasida eng yirik kolleksiyaga ega. 70 yil mobaynida asrash, ko'paytirish va rivojlantirish zarur bo'lgan O'zbekistonning hamda jahonning boshqa chekkalaridagi  ekzotik, qizil kitobga oid, dorivor, dekorativ va noyob o'simliklari bebaho  takrorlanmas kolleksiya to'plangan.

  Bir butun masalani - bog'ning noyobligini saqlash hamda  ilmiy tadqiqot, ta’lim, o'simliklarning noyob turi, geografik va ekologik ekspozitsiyalarni namoyish etish, bioxilma-xillikni saqlash, barqaror rivojlanish sifatida botanika bog'lariga qo'yiladigan zamonaviy talablarga muvofiq Botanika bog'ini obodonlashtirish va qayta tashkil etishni hal qilish uchun bugungi kunda uni rivojlantirish va obodonlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda.

Bir vaqtning o'zida bog' hududini obodonlashtirish va tozalash bo'yicha ishlar boshlangan. Mazkur ishlarni amalga oshirish malakali, professional, mas’uliyatli va juda ham ehtiyotkorona yondoshuvni talab etadi.

Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Toshkent Botanika bog'ining botanika bog'lariga qo'yiladigan zamonaviy talablarga javob beradigan ob’yektga qayta tashkil etish va obodonlashtirishga bag'ishlangan yig'ilish bayonnomasi qarori (№ 4, 2014 yil 12 yanvardan) bilan respublika vazirliklari va idoralariga obodonlashtirish, qurilish-ta’mirlash va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda biriktirilgan maydonlarda homiylik ishlari uchun bog' hududi 13 ta sektor (74 ta maydon) bo'yicha biriktirish jadvali tasdiqlangan.

Bog'ning botanik kolleksiyasini saqlash nuqtai nazaridan Botanika bog'i hududlarida obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish, professional, konsultativ va uslubiy yordam ko'rsatish uchun Bayonnoma qarorida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi hamda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Toshkent botanika bog'i hududlarini obodonlashtirish va qayta ta’mirlash bo'yicha vazirliklar hamda idoralar o'rtasidagi tanlovni "Eng yaxshi tarmoq", "Eng yaxshi maydon" nominatsiyalari bo'yicha o'tkazish topshirilgan.

Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi hamda Fanlar akademiyasining qo'shma qarori bilan tanlovni o'tkazish tartibi, uning tashkiliy qo'mitasi tarkibi, g'oliblarni aniqlash mezonlari tasdiqlangan.

Qo'shma qaror bilan ikki idora mutaxassislari hamda inspektorlariga, tegishli tashkilot mutaxassislarini jalb etgan holda vazirlik va idoralarga biriktirilgan barcha maydonlarning ekspozitsion hududlarida tekshiruvlar o'tkazish, mazkur maydonlardagi qurigan, zararkunandalar bilan zararlangan, daraxtlarni aniqlash vazifalari yuklatilgan.

Bundan tashqari, o'zbilarmonlik bilan daraxt kesishga yo'l qo'ymaslik maqsadlarida bog' mutaxassislari hamda vazirlik va idoralardan jalb etilgan vakillar bilan uzviy hamkorlikda doimiy ishlaydigan Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi inspektorlarining biriktirilishi, shuningdek, ularni zarur bo'lgan uslubiy materiallar bilan ta’minlash, hududni kolleksion o'simliklarni siqib chiqaradigan agressiv, yovvoyi lianalar va butalardan tozalash qoidalariga qat’iy rioya etgan holda daraxtlarni kesish va tekislashni amalga oshirish monitoringini olib borish kabi topshiriqlar berilgan.

Mazkur tanlov tashkilotchilari tadbir ishtirokchilariga tanlov nominatsiyalari, uni o'tkazish tartibi to'g'risida batafsil ma’lumotlarni berdilar.

Asosiy e’tibor sektorlardagi (maydonlardagi) tabiiy dendroflora ekspozitsiyalarida amalga oshirilgan ishlarni baholash mezonlariga qaratildi. Tanlov mezonlariga muvofiq, uning ishtirokchilari  maydonni obodonlashtirish bo'yicha barcha ishlarni daraxtlar, butalarni kesish, tekislash qoidalaridan kelib chiqqan holda amalga oshirishlari lozim bo'ladi. Bunda ular bog' mutaxassislari bilan doimiy maslahatlashishlari zarurdir. Ishlov berish yo'li bilan qurigan va o'tgan bosgan daraxtlarni kesib tashlash, daraxtlarning qurigan shoxlarini kesish faqat ekspozitsiya kuratorlari va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi inspektorlarining xulosalari bo'yicha amalga oshiriladi.

Hasharotlar bilan ifloslangan o'simliklarni, agar ularni davolash imkoni bo'lmasa faqat ekspozitsiya kuratorlari va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi inspektorlarining qat’iy xulosalariga muvofiq kesishni amalga oshirish mumkin.

Asosiy mezon bu - bog' hududida mavjud bo'lgan jahon va mintaqaviy floraning noyob, kamayib borayotgan va kam o'rganilgan turlariga shikast yetkazmagan, shuningdek, kolleksion fondni saqlagan holda daraxt, butalarni kesish, tekislash, zararlangan hamda qurigan o'simliklardan tozalashdan keyingi natijalardir.

Tanlov taqdimoti davomida Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi inspektori qo'shma qarorga muvofiq amalga oshirilgan ishlar to'g'risida batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi.

Taqdimot yakunida tanlovda ishtirok etish bo'yicha fikrlar almashildi va bog' maydonlari ko'zdan kechirildi.

Markaziy Osiyo ekspozitsiyasi Xalq ta’limi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirliklariga biriktirildi. Xalq ta’limi vazirligiga, shuningdek, Yevropa, Qrim va Kavkaz ekspozitsiyalaridagi hudud biriktirildi. Ichki ishlar vazirligi hamda Davlat soliq qo'mitasi Shimoliy Amerika ekspozitsiyasidagi hududga, Favqulodda vaziyatlar, Qishloq va suv xo'jaligi  vazirliklari hamda Aloqa davlat qo'mitasiga Sharqiy Osiyo ekspozitsiyasidagi hududga mas’uldirlar. O'rta maxsus ta’lim markazi va Yunusobod tuman hokimiyati Uzoq Sharq ekspozitsiyasidagi hududda, Davlat bojxona qo'mitasi - o'rmon himoya polosasida, Sog'liqni saqlash vazirligi - igna bargli o'simliklar pitomnigi hududlarida ishlarni amalga oshiradilar. Fanlar akademiyasiga esa karantin maydonlar biriktirilgan.

Tanlov taqdimoti ishtirokchilari hashar ishtirokchilarining Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi inspektorlari va Fanlar akademiyasi xodimlari bilan o'zaro hamkorlikdagi ishlarining barcha detallarini keng muhokama qildilar.

O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi Axborot xizmati


2014-02-27

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika