Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > O'zbekiston Respublikasining "Ekologik nazorat to'g'risida" gi Qonunining mohiyati hamda ahamiyatini tushuntirishga bag'ishlangan seminar

O'zbekiston Respublikasining "Ekologik nazorat to'g'risida" gi Qonunining mohiyati hamda ahamiyatini tushuntirishga bag'ishlangan seminar

Toshkent viloyati tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi joriy yilning 18 mart kuni davlat, xo'jalik boshqaruvi organlari, xo'jalik yurituvchi sub’yektlar, o'zini-o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) xodimlari va fuqarolarga O'zbekiston Respublikasining 2013 yil  27 dekabrdagi "Ekologik nazorat to'g'risida" gi O'RQ-363-son Qonunining  mohiyati hamda ahamiyatini tushuntirishga bag'ishlangan seminarni tashkil etdi.

Seminarda, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, Toshkent viloyati tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi va Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati markazi, Yergeodezkadastr, Yo'l harakati xavfsizligi, "Mahalla" hayriya jamg'armasiToshkent shahar boshqarma va bo'limlari va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari vakillari ishtirok etdilar.

O'zbekiston Respublikasining "Ekologik nazorat to'g'risida"gi Qonuni 2013 yil 12 noyabrda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida  qabul qilinib, so'ng yuqori palata - Senat tomonidan ma’qullandi va 2013 yilning 27 dekabrida davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi.

Tadbir ishtirokchilari ta’kidlab o'tganidek, Qonun jami 27 moddadan iborat bo'lib, asosiy maqsadi ekologik nazorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, davlat muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari, o'zini-o'zi boshqarish organlari, NNT va boshqa jamoat tashkilotlarining mazkur sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish, atrof-muhit muhofazasi va sog'liqni saqlashda muhim davlat dasturlarini amalga oshirishdan iborat.

Mazkur Qonunning qabul qilinishi va ekologik nazorat sub’yektlari tomonidan ijrosining ta’minlanishi atrof-muhitni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirishga, uni takomillashtirishga, eng asosiysi, inson va kelajak avlod hayoti hamda salomatligi uchun yanada qulay bo'lgan muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.

Amaldagi milliy qonunchilikda jamoat ekologik nazoratining mexanizmlari mavjud bo'lmay, u qisman qator tabiatni muhofaza qilish qonunlari bilan nazorat qilingan. Xususan, qonunchilik hujjatlarida ekologik nazoratning ekologik xavfsizlikni sifatli va o'z vaqtida ta’minlash hamda fuqarolarning hayoti va salomatligi uchun qulay atrof-muhitda yashash huquqini ta’minlashdek asosiy afzalliklari hisobga olinmagan. Shuningdek, xo'jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatidagi davlat nazorati jarayonlarida unga ikkinchi darajadagi e’tibor qaratilganligi, natijada u o'zining aniq yechimini topa olmayotgan edi. Yangi qabul qilingan qonunda bu jihatlarga alohida ahamiyat berilgan  bo'lib, tabiatni asrab avaylashda keng jamoatchilikning vazifalari ham aniq belgilab berilganligini ta’kidlash lozim. Qolaversa, idoraviy, ishlab chiqarish bo'yicha ekologik nazoratning samarali omili bu davlat organlarining ochiqligi, oshkoraligini, jamoatchilikning faolligini ta’minlashdan iborat ekanligiga ham alohida urg'u berilgan.

Ekologik nazorat tushunchasi quyidagi xususiyatlari bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, ekologik nazorat sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishi bilan; ikkinchidan, ekologik nazorat tabiatni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashning asosiy bo'lagi ekanligi bilan; uchinchidan, u mustaqil davlatimizning ekologik siyosatini o'zida aks ettirishi va mustahkamlashi bilan; to'rtinchidan, ekologiya sohasida davlat boshqaruvining asosiy elementi ekanligi va davlatning nazorat funksiyasini mustahkamlashdagi ahamiyati kattaligi bilan farqlanadi.

 

Toshkent viloyati tabiatni muhofaza

qilish qo'mitasi Axborot xizmati

 

           

 


2014-03-18

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika