Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > «Ekologik nazorat to'g'risida»gi qonunni amaliyotga joriy etish choralari

«Ekologik nazorat to'g'risida»gi qonunni amaliyotga joriy etish choralari

O'zbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrda qabul qilingan «Ekologik nazorat to'g'risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida davlat organlari, xo'jalik boshqaruvi organlari, xo'jalik sub’yektlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, keng jamoatchilik va fuqarolar ishtirokida mazkur qonun mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan tadbirlar o'tkazildi.

Ushbu tadbirlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ekoharakat deputatlar guruhi a’zolari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari, Ekoharakat faollari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, mahalliy davlat organlari, xo'jalik boshqaruvi organlari, xo'jalik sub’yektlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, Ekoharakatning hududiy bo'limlari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, "Mahalla" xayriya jamoat fondi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, ekologiya va tibbiyot sohasida faoliyat ko'rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari, boshqa jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

«Ekologik nazorat to'g'risida»gi qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, davlat va boshqa ekologik dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, atrof-muhit holatini kuzatib borishda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirokini, ularning davlat organlari bilan hamkorligini ta’minlash, shuningdek, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi. Barcha turdagi ekologik nazoratni amalga oshirish tartibi, shakl va uslublari, davlat, idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazorati, ushbu ekologik nazorat turlari natijalarini rasmiylashtirish hamda ro'yobga chiqarish haqida zarur tushuntirishlar berildi.

Jamoatchilik ekologik nazoratini tashkil etish va amalga oshirish, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari huzurida jamoatchi inspektorlar tizimini shakllantirish, ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari faoliyatini tashkil etish, shuningdek, ularga boshqa turdagi ekologik nazoratni amalga oshirishda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish huquqini berish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini kuzatib borishni amalga oshirish masalalari batafsil muhokama etildi. Shu bilan birga, ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini shakllantirish, ekologik nazoratni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokini yanada faollashtirishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqishga ko'maklashish borasida O'zbekiston Ekologik harakati vazifalari ham tushuntirildi.

Shu davr mobaynida o'tkazilgan 16 seminarda 3200 nafardan ziyod kishi ishtirok etdi. Ushbu mavzuda jami 94 teleko'rsatuv va radioeshittirish efirga uzatildi, bosma ommaviy axborot vositalari va internetda maqolalar chop etildi. Jumladan, markaziy televideniyeda sakkiz va viloyat televideniyelarida 10 ko'rsatuv, 35 radioeshittirish efirga uzatildi, markaziy gazetalarda 9 va viloyat gazetalarida 20 maqola, internetda 12 axborot e’lon qilindi.

Bundan tashqari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining tashabbuskor guruhi tomonidan "Ekologik nazorat to'g'risida"gi qonun qabul qilinishi munosabati bilan ayrim qonunchilik hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi tayyorlanib, 2014 yilning 18 fevralida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi o'qish uchun qabul qilindi. Ayni paytda mazkur qonun loyihasi Qonunchilik palatasida ikkinchi o'qishga tayyorlanmoqda.

www.uza.uz


2014-03-19

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika