Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Kelajak uchun bir tup daraxt

Kelajak uchun bir tup daraxt

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Toshkent viloyatida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 6-martda qabul qilingan tegishli farmoyishi asosida o‘tkazilayotgan mazkur oylik doirasida viloyatning barcha shahar va tumanlarida keng ko‘lamli obodonchilik va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotir. Mavjud dov-daraxtlarga ishlov berilib, oqlanmoqda. Ariq-zovurlar tozalanayotir. Belgilangan joylarga mevali va manzarali daraxt hamda gul ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.

Toshkent viloyati hokimligi, viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tashabbusi bilan Zangiota, Yangiyo‘l va Chinoz tumanlari hokimliklari hamkorligida o‘tkazilgan “Kelajak uchun bir tup daraxt” tadbirida “Toshkent – Termiz” M-39 avtomobil yo‘li yoqasiga qariyb 25 ming tup daraxt va gul ko‘chati ekildi. Tadbirda mahalla faollari, korxona va tashkilotlarning ishchi-xizmatchilari, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar faol ishtirok etdi.

– Tumanimizda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish ishlariga yoshlar munosib hissa qo‘shmoqda, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Chinoz tumani kengashi raisi Laziz Shamsiddinov. – Bugungi ko‘chat ekish tadbirida ham maktab va kollejlarda ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchi-yoshlarning ko‘magi katta bo‘ldi.

O‘zA, X.Salimov,

www.uza.uz


2014-04-02

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika