Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Suv – bebaho ne’mat

Suv – bebaho ne’mat

Urganchda suvdan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi sug‘orish ishlariga zamonaviy tejamkor texnologiyalarni joriy etishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Ekologik harakati viloyat hududiy bo‘limi, viloyat Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va Fermerlar kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda hududda iste’molchilarga sifatli ichimlik suvi yetkazib berish, suv ta’minoti tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va takomillashtirish, sohaga energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Bunda Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 6-dekabrdagi Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirish, obodonlashtirish ishlarini va Xorazm viloyati aholisining ichimlik suvi ta’minotini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori muhim omil bo‘lib xizmat qilayotir.

– Sug‘orishdagi tejamkor omillardan biri – bu yerlarning meliorativ holatini yaxshilashdir, – deydi viloyat Fermerlar kengashi raisi B.Tojiyev. – Davlatimiz rahbarining 2007-yil 29-oktabrdagi “Erlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida ekin maydonlarida tuproq strukturasi, unumdorligini sozlab borish bilan birga, yer osti suvlaridan samarali foydalanish bo‘yicha muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zA, A.Shokirov,

www.uza.uz


2014-04-03

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika