Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Hayvonot dunyosi muhofazasi

Hayvonot dunyosi muhofazasi

Nukusda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi va Ekoharakat deputatlar guruhining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatidagi ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Navoiy viloyati hokimligi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi rahbarlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq mazkur hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2010-2013-yillarda hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish bo‘yicha 2 ming, Navoiy viloyatida 849 qonun buzilish holati aniqlangan.

Amudaryo deltasida tabiiy to‘qayzorlarni himoya qilish, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanish maqsadida “Baday to‘qay” davlat qo‘riqxonasi bazasida “Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati” tashkil etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida baliqchilikka ixtisoslashtirilgan 80 fermer xo‘jaligi tomonidan o‘tgan yili 931 tonna baliq yetishtirildi. Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “To‘dako‘l” tabiiy suv havzasida “Akva To‘dako‘l” O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi yiliga 2 million dona, jumladan, mamlakatimiz “Qizil kitobi”ga kiritilgan Amudaryo kurakburuni balig‘i chavoqlarini yetishtiruvchi inkubatsiya sexi ishga tushirildi.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan Fanlar akademiyasi O‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida sayg‘oqlarni saqlab qolish maqsadida “Ustyurt sayg‘oqlarining populatsiyasini o‘rganish” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Hayvonot dunyosiga o‘zboshimchalik bilan munosabatda bo‘lish, undan foydalanishda qonun buzilishi holatlariga talab darajasida e’tibor qaratilmayotgani qayd etildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi B.Yangiboyev so‘zga chiqdi.

O‘zA, A.Ortiqboyev,

www.uza.uz


2014-04-02

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika