Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishilmoqda

Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasida O‘zbekistonda BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda axborot sohasining o‘rniga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi Abdurashid Jo‘raboyev, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi Akmal Saidov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. O‘zbekistonda 2011-2015-yillarda Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksi tasdiqlangani bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilayotir.

Ushbu taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish maqsadida 2010-yil 9-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining, 2011-yil 26-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan. Majlisda mazkur qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan axborot tinglandi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, axborot texnologiyalarini rivojlantirish borasida erishilayotgan yutuqlar haqida so‘z yuritildi.

Mamlakatimiz ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. O‘quv muassasalari elektron darsliklar va metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanmoqda. Shuningdek, ekologik va tibbiy madaniyatni yuksaltirish, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bu ishlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritishga, aholining ogohligini oshirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borishga katta e’tibor qaratilmoqda. 2013-yilda shu maqsadda 1448 tele va 4386 radio dastur efirga uzatildi, matbuotda 2650 dan ortiq maqola chop etildi. Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan 30 dan ortiq veb-sayt ishlab turibdi. Interfaol ta’lim dasturlari, turli adabiyotlar, risola va plakatlar yaratilib, keng omma e’tiboriga taqdim qilinmoqda.

Majlisda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali ta’lim sifatini yanada yuksaltirish, Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda O‘zbekistonda erishilayotgan yutuqlarni ommaviy axborot vositalarida yoritishni yanada faollashtirish, bu jarayonga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, axborot texnologiyalari sohasi muassasalari hamda ommaviy axborot vositalarining o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

O‘zA, Iroda Umarova,

www.uza.uz


2014-04-15

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika