Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > NAVRO'Z. KELAJAK NIHOLLARI

NAVRO'Z. KELAJAK NIHOLLARI

2014 YILNING 19 APREL KUNI TOSHKENT BOTANIKA BOG'IDA "SOG'LOM BOLA YILI" GA BAG'ISHLANGAN "NAVRO'Z. KELAJAK NIHOLLARI" EKOLOGIK TA’LIM FESTIVALI BO'LIB O'TDI.

 

Toshkent Botanika bog'i mamlakatimizning noyob tabiiy ob’yektlaridan biri hisoblanadi. 70 yil mobaynida asrash, ko'paytirish va rivojlantirish zarur bo'lgan O'zbekistonning hamda jahonning boshqa chekkalaridagi  ekzotik, qizil kitobga oid, dorivor, dekorativ va noyob o'simliklari bebaho  takrorlanmas kolleksiya to'plangan. Botanika bog'ining boy tarixi, o'simlik dunyosining xilma-xilligi va to'plangan ilmiy-tadqiqot tajribalari uning kelgusida zamonaviy ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma’rifiy va ta’lim muassasasi sifatida rivojlanishi uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratib berishga asos bo'ladi.

Mamlakatimiz Hukumati bog'ning bebaholigi va noyobligini e’tiborga olgan holda uni qayta ta’mirlash to'g'risidagi qarorini qabul qildi. Qator vazirlik hamda idoralar jalb etilgan holda obodonlashtirish ishlari boshlangan.

Umumjahon tendensiyalariga muvofiq, Toshkent Botanika bog'i o'zining yangilangan hamda keng resurslari bilan tor doiradan chiqib va shu nuqtai nazardan aholi ekologik ta’limining bir qismiga aylanishi lozim. Bundan tashqari, u bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvafaqqiyatli faoliyat yuritishi kerak.

Ustivor o'rin, shaxsning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga mo'ljallangan pedagogik texnologiyalarga qaratilishi, madaniy va ma’rifiy faoliyat bir-birini to'ldirishi lozim: mavzuga yo'naltirilgan bayramlar, ijodiy festivallar, taqdimotlar va tanlovlar, jamoaviy ijodiy loyihalar.

Mazkur tadbir Botanika bog'ini ko'p tarmoqli tabiatni muhofaza qilish muassasasi sifatida rivojlantirishga, shuningdek, Toshkent Botanika bog'iga O'zbekiston milliy boyligi sifatida uni ommalashtirish hamda mehr-muhabbat hissini uyg'otishga va  ijodkor yoshlar salohiyatini ochishga ko'maklashish maqsadlarida tashkil etilgan.

Festival dasturiga muvofiq, O'zbekiston san’at ustalari, estrada yulduzlari ishtirokida konsert dasturi, ijodkor yoshlar, xalq shoirlari va yozuvchilari hamda madaniyat markazlarining chiqishlari bo'lib o'tdi. Dasturda asosiy o'rinni zamonaviy liboslar namoyishi, floristlar, bolalar rasmlari, xalq hunarmandlarining ko'rgazmalari egalladi. Bolalar uchun "Botanika bog'i. Bolalar nigohi" mavzusidagi mahorat darslari va bolalar, yoshlar interaktiv hamda intelektual o'yinlari, viktorinalar ko'rinishidagi boshqa tadbirlar barqaror rivojlanish uchun bioxilma-xillik hamda ekotizimlarni saqlashning nechog'lik muhim ekanligini yana bir bor namoyon etdi, shuningdek, o'simliklarni muhofaza qilish masalalarida ishtirokchilarning xabardorligini oshirishga xizmat qildi.

                                Tashkiliy qo'mita


2014-04-19

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika