Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Kosonsoy tumanida ko‘p yillik chinor daraxti kesilayotganligi to‘g‘risidagi video lavha yuzasidan ma’lumot.
10.
07. 2019
17:11
202
News

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan  mazkur holat atroflicha o‘rganildi.

Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi madaniyat va istirohat bog‘i markazida ko‘p asrlik  bir tup chinor daraxti mavjud bo‘lib, hozirda mazkur chinorning yon shoxi turli omillar ta’sirida to‘liq qurib qolganligi hamda odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solish ehtimoli mavjudligi sababli tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan faqat qurigan qismi kesilgan.

Kelgusida mazkur bog‘ «Obod markaz» dasturi asosida rekonstruktsiya qilinib, ko‘p asrlik tabiat yodgorligi sifatida uning yon-atroflari maxsus to‘siq bilan o‘ralishi rejalashtirilgan.
 


 

Useful resources