Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv
06.
09. 2019
19:48
287
News

2019 yilning 6 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Bahrom Qo‘chqorov Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) Shahar rivoji va suv ta’minoti masalalari bo‘yicha missiya rahbari Ruoyu Xu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida OTB vakillari mamlakatimizda qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish, xususan,  OTB ishtirokida «Qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyiha»ni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, OTB kredit mablag‘lari hisobiga 2020 yilda 300 ta chiqindi tashuvchi texnika, 26 ta maxsus texnika, 13 ta ekologik ko‘chma labaratoriya avtomobillari hamda 6 ming dona chiqindi xarid qilish va hududlarda 13 ta servis markazlarini barpo etish, sohaga doir o‘quv markazini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra ishtirokchilar bayon etilgan loyihani sarmoyalash yuzasidan o‘zaro hamkorlik yuritish fikrini bildirdilar.
 



Useful resources