Surxondaryo viloyati: noqonuniy chiqindixona bartaraf etildi
11.
09. 2019
16:06
146
News

Ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘p sonli fuqaro Surxondaryo viloyati Termiz tumani «Guliston» mahallasidan o‘tuvchi  avtomobil yo‘lining yoqasiga fuqarolarning qurilish va maishiy chiqindilarini noqonuniy tarzda, turli texnikalar bilan yashirincha tashlab ketilishi oqibatida noqonuniy chiqindixonaning hosil bo‘lganligi bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Murojaatda keltirilgan mazkur hududda Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari va tuman inspektorlari va  tumanga sanitar tozalash bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot «Bio Texno Eko» MChJning tuman filiali xodimlari bilan joriy yilning 5 sentyabr kuni joyiga borib o‘rganildi.

Ushbu yig‘ilib qolgan chiqindilar joylashgan hudud bir necha bor tozalanib ogohlantiruvchi belgilar qo‘yilishiga qaramasdan qumlikning ichidan o‘tadigan mashinalar yashirincha, tungi vaqtlarda qurilish va maishiy chiqindilarini olib kelib to‘kib ketishmoqda. Shu hududda yashovchi fuqarolar bilan bir necha bor yig‘ilishlar o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borilgan. Tashkil etilgan tezkor reydlar davomida chiqindi tashlab ketilishi holatlari aniqlanib bir nechta fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Yuqorida aytib o‘tilgan noqonuniy chiqindixona shu kunning o‘zida viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari va tuman inspektorlari, tegishli tashkilotlar, «Bio Texno Eko» MChJning 4 ta ishchi xodimi, 1 ta yuk tashuvchi SHACMAN va 1 ta avtoyuklagich mashinalarini jalb qilgan holda 4550 tonnaga yaqin chiqindilar tuman markaziy chiqindixonasiga joylashtirildi.

Bundan keyin yana shunday holatlar sodir bo‘lmasligi va ularning oldini olish maqsadida tumanning ekologiya inspektorlari ogohlantirildi hamda doimiy nazorat olib borishi lozimligi tushuntirib o‘tildi.

Useful resources