Qoraqalpog‘iston Respublikasi: sanitar xizmatlar qamrovi hamda sifati oshmoqda
11.
09. 2019
18:12
158
News

Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash, hududlarning, ayniqsa, qishloq aholi punktlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar qamrovi hamda sifatini oshirish borasida maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisiga  sifatli sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida «Toza hudud» korxonasining ushbu hududdagi bo‘linmasiga 13 ta maxsus texnika xizmat ko‘rsatish uchun topshirildi.

Shu jumladan Mo‘ynoq tumani hududiy bo‘limiga  sanitar-tozalash xizmatlarini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida 2 ta maxsus texnika hamda chiqindilar uchun 24 ta maxsus konteyner, shuningdek, Qo‘ng‘irot tumanidan 350 km olisda joylashgan Karakalpakiya QFYga 1 ta maxsus texnika ekspluatatsiya uchun berildi.
 



 

Useful resources