Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy vakili Sindi Malvichini bilan uchrashuv
20.
03. 2020
15:14
200
News

2020 yil 20 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Shavkat Abdurazokov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy vakili Sindi Malvichini bilan uchrashdi.

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilar boshqarish loyihasi (loyihaning umumiy qiymati 92,25 mln AQSh doll.) doirasida 182 ta maxsus texnikalarni va 3500 ta chiqindi konteynelari to‘liq xarid qilingan. 2020 yilda zamonaviy chiqindi poligoni qurish, avtokorxona va chiqindi qayta yuklash stantsiyalarini rekonstruktsiya qilish va maxsus texnikalar xarid qilish ko‘zda tutilgan.

Bank mutasaddilari bilan ushbu loyihalarni amalga oshirishda vujudga kelayotgan muammoli masalalarni tezlikda xal etish hamda kelgusida atrof-muhit muhofazasi sohasida qo‘shimcha yangi loyihalarni amalga oishrish bo‘yicha kelishib olindi.

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources