Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > "General Motors Powertrain Uzbekistan" O'zbekiston-AQSH qo'shma korxonasiga mediatur

"General Motors Powertrain Uzbekistan" O'zbekiston-AQSH qo'shma korxonasiga mediatur

 Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi "Soo'lom bola yili" Davlat Dasturi va  O'zbekiston Respublikasida 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar Dasturi, shuningdek, "2013-2017 yillarda O'zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo'yicha harakatlar Dasturi"ning ijrosini ta'minlash maqsadida qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "5 iyun - Butunjahon atrof-muhit kuni" ga bao'ishlab joriy yilning 2 iyunidan 8 iyuniga qadar "Ekologik haftalik-2014" ni o'tkazmoqdalar.

Mazkur haftalik doirasida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda  joriy yilning 3 iyun kuni OAV, nodavlat notijorat tashkilotlari, o'zini-o'zi boshqarish organlari vakillari uchun "General Motors Powertrain Uzbekistan" O'zbekiston-AQSH qo'shma korxonasiga mediatur tashkil etdi.

Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad qo'shma korxonaning atrof-muhtni muhofaza qilish sohasidagi eng tajribalarini namoyish qilish, korxona tomonidan olib borilayotgan faoliyatning ochiqligini ta'minlash yuzasidan korxona hududi atrofida istiqomat qiluvchi mahallalar fuqarolari, jurnalistlar bilan ochiq muloqotni ta'minlashdir.

Tadbir doirasida korxona mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda ta'kidlanganidek, "General Motors Powertrain Uzbekistan" korxonasining tashkil qilinishi mamlakatimiz avtomobilsozligi rivojida yangi davrni boshlab berdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2008 yil 16 dekabrda qabul qilingan xorijiy investitsiyalar ishtirokida kuch agregatlari ishlab chiqaradigan "General Motors Powertrain Uzbekistan" korxonasini tashkil qilishga oid qaroriga muvofiq tashkil etilgan ushbu yirik qo'shma korxona mintaqamizda avtomobillar uchun dvigatellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yagona zavoddir. Bu yerdagi texnologik jarayon ishlab chiqarish va mahsulot sifatini muntazam nazorat qilib borish imkonini beradi, ayni paytda ekologik xavfsizlik nuqtai nazaridan jahon standartlariga to'liq javob beradi.

Korxonada bugungi kunda atmosfera havosini muhofaza qilish maqsadlarida tozalash samaradorligi  96 foizdan 99,9 foizni tashkil etadigan chang-gaztutqich jihozlari o'rnatilgan hamda ular amalda faoliyat ko'rsatmoqda.

Korxonaning suv tozalash stansiyasi mavjud bo'lib, qo'shma korxona hududida ishlatilib bo'lingan suv kimyoviy usulda tozalanadiki, u ichimlik suvi sifati darajasiga yetadi.

Hosil bo'lgan chiqindilardan sanoat va iste'mol chiqindilarini qayta ishlash 98,5 foizni tashkil qiladi.

Shuningdek, korxona xodimlari is gazi tashlamalarini kamaytirish uchun innovatsion yondoshuvni qo'lladilar - ular yiliga 60 tonnagacha is gazi tashlamalarini kamaytirish imkonini beruvchi 4000 ta daraxtni ekdilar.

 

"Ekohaftalik - 2014" Tashkiliy qo'mitasi Axborot xizmati

 


2014-06-03

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika