Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi taraqqiyotning muhim omili

Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi taraqqiyotning muhim omili

 "Sog'lom bola yili"  hamda "5 iyun - Butunjahon atrof-muhit kuni" ga bag'ishlab 2 iyundan 8 iyunga qadar o'tayotgan  "Ekohaftalik - 2014" doirasida O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi BMT TD ning O'zbekistondagi vakolatxonasi va O'zbekiston Ekologik harakati bilan  hamkorlikda joriy yilning 4 iyun kuni ishlatib bo'lingan, tarkibida simob mavjud lampalar hamda uskunalarni utillashtirishga ixtisoslashgan "NEO SUN  LINGT" korxonasiga mediatur tashkil etdilar.

Ekologik haftalikning asosiy maqsadlaridan biri O'zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, xususan, energiya samaradorligi hamda chiqindilarni boshqarish sohasidagi eng yaxshi yutuqlarni namoyish etish hisoblanadi.

Mediatur ishtirokchilari - respublika ommaviy axborot vositalari vakillari korxonaga tashrif buyurib, uning rahbariyati bilan uchrashdilar hamda "Ekologik nazorat - tabiatni muhofaza qilish sohasidagi taraqqiyotning muhim omili" mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdilar.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, energiyani tejash bilan bog'liq masalalar O'zbekiston Hukumatining  ustivor vazifalaridan hisoblanadi va bu manoda energiya tejovchi lampalardan foydalanish muhimdir.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.06. 2011 yildagi "Energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarishni tashkil etish va ulardan foydalanishga bosqichma-bosqich o'tish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 161-sonli Qarori bilan "2011 - 2015 yillarda energiyani tejaydigan zamonaviy lampalar ishlab chiqarishni tashkil etish va foydalanilayotgan cho'g'lanish lampalarini almashtirish chora-tadbirlari Dasturi" tasdiqlangan. Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa yirik shaharlarda shahar ko'chalarini energiyani tejaydigan zamonaviy lampalardan foydalangan holda yoritishni modernizatsiya qilish bo'yicha loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish yuzasidan vazifalar aniqlangan. Dasturda, shuningdek, «NEO Sun Light» mas’uliyati cheklangan jamiyat qo'shma korxonasida energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarish bo'yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish ko'zda tutilgan edi. Hozirgi vaqtda korxona ishga tushirilib, uning yillik quvvati - 7 mln dona lampa ishlab chiqarishga ega.

O'z navbatida, energiya tejovchi lampalarning tarkibida simob mavjud bo'lib, ularni qayta ishlash masalasi juda ham dolzarbdir. YUqorida bayon etilgan Dasturda respublikamiz shahar va tumanlarida o'z resursini ishlab bo'lgan energiyani tejaydigan lampalarni to'plash va saqlash punktlari, shuningdek ularni utilizatsiya qiladigan korxonalar tashkil etish rejalashtirilgan.

O'zbekiston Respublikasining "Chiqindilar to'g'risida" gi Qonuni (zaharli chiqindilarni utillashtirish qismi) va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.06. 2011 yildagi "Energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarishni tashkil etish va ulardan foydalanishga bosqichma-bosqich o'tish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 161-sonli, 21.09.2011 yildagi "Simobli lampalarning ishlatilib bo'lgan resurslarini to'plash va ularni utilizatsiya qilishni tashkil etish to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" Qarorlari talablarining ijrosi yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi organlari tomonidan ishlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirishda asosiy e’tibor  tarkibida simob mavjud lampalar hamda uskunalarni utillashtirishga qaratildi.

Hozirda O'zbekistonda ishlatib bo'lingan, tarkibida simob mavjud lampalarni demerkurizatsiya qilishga ixtisoslashgan 10 ta korxonalar faoliyat yuritadi. Ularga quyidagi korxonalar kiradi: "ASP Selta" MCHJ, "Toshshaharnur" DUK, «NEO Sun Light» MCHJ (Toshkent sh.), "Ekotibbiyot (Andijon), "Setora" MCHJ (Buxoro), "Fartozahavo" MCHJ (Farg'ona), «Navoiazot» AJ  (Navoiy), «Ekobalanstexnologiya» MCHJ (Qarshi), "Surxon toza havo» MCHJ (Termez) va  Navoiy kon metallurgiya kombinati. 2012-2013 yillar mobaynida respublika bo'yicha 1 mln.donaga yaqin tarkibida simob mavjud lampalar demerkurizatsiya qilingan, 60 foizidan ortig'i Toshkent shahri hamda Navoiy, Toshkent viloyatlariga to'g'ri keladi.

Tadbir ishtirokchilari lampalarni ishlab chiqarish bo'yicha sexlarga tashrif buyurgandan so'ng ishlatib bo'lingan energiya tejovchi lampalarni (lyuminessent) yig'ish hamda utillashtirishga ixtisoslashgan Markazga kelib, ularni qayta ishlash texnologiyalari bilan tanishish imkoniga ega bo'ldilar.

 "Ekohaftalik - 2014" Tashkiliy qo'mitasi Axborot xizmati


2014-06-04

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika