Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Ekologiya haftaligi yakunlandi

Ekologiya haftaligi yakunlandi

Poytaxtimizdagi “Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog‘ida mamlakatimizda o‘tkazilgan ekologiya haftaligining yakuniy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi vakolatxonasi, Toshkent viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat, jamoat, xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar, ekologlar, sanoat korxonalari vakillari, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.Abdusamatov, BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi doimiy vakili o‘rinbosari Ya.Sillers va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar atrof-muhitni muhofazalash va ekologik muvozanatni ta’minlashda muhim omil bo‘layotganini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-mayda qabul qilingan «2013-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi to‘g‘risida»gi qarori asosida bu jabhadagi ishlar ko‘lami yanada kengaymoqda.

Mamlakatimizda tabiatdan oqilona foydalanishning mustahkam huquqiy asosi va institutsional mexanizmi yaratilgan. Yer, suv va boshqa bebaho tabiiy resurslarimizning muhofazasini ta’minlash, global va milliy miqyosdagi ekologik muammolarning salbiy ta’sirlarini yumshatish borasida milliy harakat rejasi asosida bosqichma-bosqich ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada havoga chiqarilayotgan zararli moddalar ikki barobar, suv havzalariga oqovalarni tashlash ikki yarim barobarga qisqardi. Daryolar va yerosti suvlarini muhofazalash, alohida muhofaza etiladigan hududlar maydonini kengaytirish, biologik zaxiralarni asrash, ekologik ta’limni rivojlantirish, Orolbo‘yidagi ekologik muhitni barqarorlashtirish yo‘lidagi ishlar o‘z samaralarini berayotir.

Yurtimizda an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan ekologiya haftaliklari bu boradagi ishlardan aholining xabardorligini oshirish, global ekologik muammolarning yechimini topishda hamkorlikni mustahkamlash, yosh avlodni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qilayotir.

Tadbir doirasida ta’lim maskanlarida «Inson, jamiyat, ekologiya» mavzusida ilmiy anjumanlar, atrof-muhit muhofazasiga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli loyihalar, ekologik qonunchilikni takomillashtirish va ularning ijrosi samaradorligini o‘rganish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar, ekologik ta’limni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatlari, ekologik aksiyalar, innovatsion texnologiyalar namoyishi, tabiatning noyob hududlariga mediaturlar tashkil etildi.

Haftalik tadbirlarida faol ishtirok etgan, ekologik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanayotgan bir qator ishlab chiqarish korxonalari diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi. “Tabiat – bolalar nigohida” mavzusida o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari e’lon qilindi.

O‘zA, B.Xidirova


2014-06-09

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika