Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Jahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kuniga bag'ishlangan davra suhbati

Jahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kuniga bag'ishlangan davra suhbati

 Uchrashuv O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi va O'zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi bilan hamkorlikda Xalqaro hamkorlik bo'yicha Germaniya jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan Yevropa Ittifoqining "FLERMONECA atrof muhit holati monitoringini ham qo'shib o'rmonlar va bioxilmaxillikni boshqarish" loyihasi ko'magida tashkil etildi.

Jiddiy qurg'oqchilik va/yoki cho'llanishni boshidan kechirayotgan mamlakatlarda BMTning Cho'llanishga qarshi kurash konvensiyasini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, jamoatchilikning cho'llanish va qurg'oqchilik muammosi to'g'risidagi xabardorligini oshirishga ko'maklashish uchun BMT Bosh Assambleyasi  1994 yil 17 iyunni Jahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kuni deb elon qildi. Bu kun  cho'llanish muammolari samarali hal etilishi mumkinligi, va bu maqsadga erishishda jamoatchilikning keng ishtiroki va barcha miqyosdagi hamkorlik muhim vosita hisoblanishini eslatib turadi.

An’anaga ko'ra O'zbekistonda mazkur ekologik sanaga bag'ishlab uchrashuvlar, anjumanlar va boshqa tadbirlar o'tkaziladi. Bu yil ham istisno bo'lmadi. Uchrashuv O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi va O'zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi bilan hamkorlikda Xalqaro hamkorlik bo'yicha Germaniya jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan Yevropa Ittifoqining "FLERMONECA atrof muhit holati monitoringini ham qo'shib o'rmonlar va bioxilmaxillikni boshqarish" loyihasi Jahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kunining 20-yilligiga bag'ishlangan davra suhbatini tashkil etdilar. Tadbirning maqsadi yerlar degradatsiyasi va qurg'oqchilik ta’sirini kamaytirish, cho'llanishga moyil hududlarda hayot sifatini yaxshilashdan manfaatdor tomonlarning harakatlarini birlashtirishdan iborat bo'ldi.

Uchrashuvda daxldor vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari, ekologiya va atrof muhit sohasi olimlari va ekspertlari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Uchrashuv ishtirokchilarining ta’kidlashicha, cho'llanish va qurg'oqchilik jarayonlari zamonaviy jiddiy ekologik tahdidlardan biri bo'lib, ana shu tabiiy va texnogen hodisalarga qarshi kurash zarur choralar ko'rishni talab etmoqda. 1994 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash konvensiyasiga asos solindi.   Konvensiyaga imzo chekkan 195 mamlakat o'z harakatlarini qurg'oqchil yerlarda yashaydigan aholining hayot darajasini ko'tarish, yerlar unumdorligini saqlash va tiklash, qurg'oqchilik oqibatlarini yumshatishga qaratganlar. 

BMT Cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash konvensiyasi (BMT CHQK) talablari O'zbekiston uchun mamlakatning tabiiy-iqlimiy sharoitlaridan, uning Markaziy Osiyo mintaqasidagi geosiyosiy o'rnidan,  va global ta’sirga ega  ekologik muammolarni hal etish muhimligidan kelib chiqib juda dolzarbdir. O'zbekiston Respublikasi BMT CHQK tayyorlash jarayonida faol ishtirok etib, uni Osiyo mintaqasi va MDH davlatlari orasida birinchilardan bo'lib 1994 yilning 7 dekabrida imzolagan, va u O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1995 yilda ratifikatsiya qilingan. Hukumat qaroriga muvofiq Konvensiya doirasidagi majburiyatlarni bajarish bo'yicha faoliyatni muvofiqlashtirish O'zgidrometga yuklangan.

Tez-tez takrorlanayotgan qurg'oqchilik tabiiy ekotizimlarning tanazzulga uchrashi va unumdorligining yo'qolishi tufayli yuzaga kelayotgan zamonaviy ekologik muammolar qishloqlar aholisining yashash sharoitlariga, ekologik va oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda va mamlakatda bu muammoni kompleks hal etish uchun siyosiy irodani kuchaytirmoqda.

 

O'zbekiston Respublikasi yerlar degradatsiyasi va qurg'oqchilik bilan bog'liq muammolarni hal etish borasida katta harakatlar qilmoqda. Prezident I.A.Karimov rahbarligida suv-yer resurslaridan oqilona foydalanish, yerlar unumdorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishda talay natijalarga erishildi. Qishloq xo'jaligini diversifikatsiyalash va aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga imkon berayotgan tub islohotlar amalga oshirildi. Sug'orish va kollektor-zovur tizimini rekonstruksiya qilish, sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, yaylovlar degradatsiyasi ko'lamlarini kamaytirish va o'rmonlarni tiklash bo'yicha muayyan choralar qabul qilinmoqda. Mamlakat oziq-ovqat dasturi amalga oshirilmoqda. So'nggi yillarda suv taqchilligini yengish, yerni barqaror boshqarishni rag'batlantirishga yo'naltirilgan O'zR Prezidenti farmon va qarorlari, Hukumatning qator qarorlari qabul qilindi.

2006 yildan BMT Cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash konvensiyasini bajarishda GEF, GIZ, Jahon banki, BMTTD, OTB va boshqa donor tashkilotlar ko'magida Markaziy Osiyo mamlakatlariga ko'mak dasturi - Yer resurslarini boshqarish bo'yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari tashabbusi (YERBMOMT) dasturi amalga oshirilmoqda.

YERBMOMT - Markaziy Osiyo mamlakatlari va donor hamjamiyatlar o'rtasidagi ekotizimlar butunligini saqlash va mamlakat qishloq aholisi uchun hayot standartlarini yaxshilashga/qo'llashga yo'naltirilgan O'n yillik hamkorlik (sheriklik) Dasturidir. Dastur doirasida GEF va boshqa donor tashkilotlarning 20 mln. AQSH dollariga yaqin mablag'lari jalb qilindi, qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Shular jumlasida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida yerlarni yaxshilash, Forish tumanida mahalliy hamjamiyat ishtirokida yaylovlarni barqaror boshqarish,  O'zbekistonning tog', yarimcho'l, cho'l landshaftlaridagi sug'orilmaydigan yerlardan raqobatli foydalanish natijasida tabiiy resurslarga tushayotgan og'irlikni kamaytirish, qishloq xo'jaligini barqaror boshqarish va iqlim o'zgarishi oqibatlarini yumshatish, qurg'oqchilik, yerlar tanazzuli va qurg'oqchilikka qarshi kurashdagi salohiyatni oshirish bo'yicha loyihalar.

O'zgidromet 2013 yildan beri Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi, Davergeodezkadastr qo'mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, NNT va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan zich hamkorlikda GEF/YUNEP/O'zbekiston "Cho'llanishga qarshi kurash bo'yicha Milliy harakatlar dasturini yangilash va hisobot berish" loyihasini amalga oshirib kelmoqda.

Hozirgi vaqtdagi global ilish jadalligini hisobga olib zarur choralarsiz iqlim qurg'oqchiligi ortib borishini e’tibordan chetda qoldirib bo'lmaydi. Bu O'zbekiston uchun dolzarb masala.

Iqlimning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun unga moslashish choralarini ko'rish kerak. To'g'ri harakatlar bilan "iqlim o'zgarishi-cho'llanish" jarayonini ijobiy "mahsuldor yerlar-parnik gazlari chiqarilishini kamaytirish"ga aylantirish mumkin.

Bu yilgi Jahon qurg'oqchilikka qarshi kurash kunining shiori "Yer kelajakniki - uni iqlim o'zgarishidan himoya qilamiz" deb nomlanishi bejiz emas. Yer va tuproq moslashishda muhim rol o'ynaydi. Yer resurslarini barqaror boshqarish yo'li bilan bioxilmaxillikni saqlash, ekotizim xizmatlarini ko'tarish iqlimning noqulay oqibatlariga moslashishda yaxshi namuna bo'lishi mumkin. Sog'lom tuproq nafaqat oziq-ovqat mahsulotlarini barqaror ishlab chiqarishni ta’minlaydi, balki iqlimga bardoshlilikni kuchaytiradi. 

Tadbir qatnashchilari yer-suv resurslarini boshqarish, qurg'oqchilikka qarshi kurash va uning oqibatlarini yumshatish bo'yicha avvalgi faoliyatdan olingan bilim va tajriba bilan o'rtoqlashdilar, jurnalistlarning savollariga javob berdilar.

 Qo'shimcha ma’lumotlar uchun tel. :235 84 61,  235 87 59, 239-15-19


2014-06-17

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika