Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > O'zbekistonning shamol energetika salohiyati

O'zbekistonning shamol energetika salohiyati

 "O'zbekenergo" DAKda respublikamizning manfaatdor vazirliklari, idoralari va tashkilotlari uchun O'zbekiston Respublikasida shamol energetikasi imkoniyatlarini baholash va rivojlantirish borasida kirish seminari bo'lib o'tdi.

Ushbu seminar "O'zbekenergo" DAK "Tolimarjon IES" UK va Intec-GOPA va GEONET (Germaniya) kompaniyalari hamkorligidagi, Xalqaro Tiklanish va taraqqiyot banki (Butunjahon banki) tomonidan moliyalashtirilayotgan, "Tolimarjon IESda 500 kV ochiq taqsimlovchi qurilma bilan 500 kV kuchlanishli Tolimarjon IES-Sug'diyona NS" XL qurilish loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar O'zbekiston Respublikasida shamol energetikasi imkoniyatlarini baholash bitimining boshlanishi bo'lib xizmat qiladi.

"Tolimarjon IESda 500 kV ochiq taqsimlovchi qurilma bilan 500 kV kuchlanishli Tolimarjon IES-Sug'diyona NS" XL qurilishi loyihasini amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi va Butunjahon banki tomonidan 110 million AQSH dollari miqdoridagi shartnomasi imzolandi (2011 yil 16 sentyabr).

 Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan "Tolimarjon IESda 500 kV ochiq taqsimlovchi qurilma bilan 500 kV kuchlanishli Tolimarjon IES-Sug'diyona NS" XL qurilishi loyihasini amalga oshirilishini joriy qilish jarayoni davomida Intec-GOPA va GEONET konsalting kompaniyalari va "O'zbekenergo" kompaniyasi mutahassislari bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasida shamol energetikasi imkoniyatlari bo'yicha axborot-tahliy tizimni, shamol Atlasini yaratish bilan birga texnik, ekologik va ijtimoiy taxdidlarini inobatga olgan holda ikkita ko'rgazmali maydonda shamol energetik imkoniyatlarni joylarda aniqlash borasida batafsil metrologik tadqiqotlar olib boriladi.

 Ular shuningdek, texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda milliy talablarni hamda xalqaro shamol energetikasi uskunalarini ishlab chiqaruvchilar talablari hamda milliy talablardan kelib chiqib dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni ta’minlaydilar.

 www.uzbekenergo.uz


2014-06-11

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika