Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Zamonoviy texnologiyalar yurti

Zamonoviy texnologiyalar yurti

Joriy yil 2-13 iyun kunlari Janubiy Koreyaning poytaxti Seul shahrida KOICAning "O'zbekiston bojxona xizmatini "Single Window" (Yagona oyna) tizimi orqali zamonaviylashtirish" loyihasi doirasida "Field Officer" kursi tashkil etildi.

Ushbu kursda O'zbekiston Respublikasining, Tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, Davlat bojxona qo'mitasi, Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining jami 8 nafar xodimi qatnashib malaka oshirib qaytdi.

O'quv kursida asosan Janubiy Koreyaning, Bojxona tizimidagi zamonaviy boshqaruv jarayonlari bilan tanishib chiqildi.

Janubiy Koreya Respublikasining Bojxona tizimini boshqarishda zamonaviy axborot texnalogiyalari o'rni va samaradorligini nazariy va amaliy jarayonlarda tanishtirildi. Shu bilan bir qatorda bugungi Koreya hayoti va madaniyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Janubiy Koreya Respublikacining eng muhim jihatlaridan bir shundaki, Axborot texnologiyalarining jadal rivojlantirilganligi uchun, jahonda savdo aylanmasi 1trln. dollarni tashkil etib, dunyoda 9- o'rinni egalaydi. Ushbu savdo aylanmasini 1990 yilga solishtiradigan bo'lsak 135 milliard dollarni tashkil etgan xalos. Hududi bo'yicha dunyoda 109-o'rinda (99,720km) turadi. Mana shu natijalarga erishilishida Koreya bojxonasining muhim ahamiyat kasb etganligini ko'rish mumkin. Janubiy Koreya Respublikaci bojxona xizmati boshqaruv tomonidan Moliya vazirligiga bo'ysunuvchi tashkilot hisoblanadi. Tuzilmasiga e’tibor qaratadigan bo'lsak, Koreya xududi bo'yicha 6 ta bosh bojxona markazlari bo'lib, 47ta bojxona postlari mavjud. Yana bir muhim jihat shundagi Koreyaning AQShda, Yevropa Ittifoqi hududida, Xitoy xalq Respublikasi xududlarida bojxona filiallari mavjud.Bunday bo'lishiga asosiy sabab ushbu xududlardan import va eksport qilinayotgan mahsulotlar filiallarda ko'rikdan o'tkaziladi va rasmiylashtiriladi. Ushbu chegara bojxonalari Koreya iqtisodini rivojlanishini kuchli nazoratda ushlab turadi. Sababi mahsulotlarga qo'yiladigan davlat bojlari aynan shu yerda undiriladi. Koreya bojxona sohasini yillar davomida rivojlantirishda ish xajmini kengaytirib, ishchi kuchini kamaytirishga e’tibor qaratilgan.Ushbu ishni amalga oshirishda axborot texnologiyalariga e’tibor qaratilgan. Bunga yaqqol misol, qilib aytish mumkinki, Inchon xalqaro aeroportiga O'zbekistondan uchib borgan vaqtimizdan ish xajmini kengaytirib, ishchi kuchi kamaytirilganining guvohi bo'ldik, bir vaqtning o'zida Inchon xalqaro aeroportiga 12 ta davlatdan samolyotlar qo'nganligi e’lon qilib turilibdi. Biz bilan uchgan delegatsiya birdan o'yladikki, demak shuncha odam kelgan bo'lsa, bojxonadan yuklarimizni olguncha ko'p vaqt ketsa kerak. Biroq vaqt nuqtaiy nazaridan qaraydigan bo'lsak 15 minut faqat chegara postida fuqarolik pasportlari ko'rikdan o'tkazilishiga vaqt sarflandi xalos. Yuklarni olgandan keyin bojxonadan ko'rikdan o'tish uchun xarakatlanayotganimizda delegatsiya vakillari birining sumkasiga chip o'rnatilganligini ko'rdik va nima uchun o'rnatilganligini shu yerdagi mas’ullardan sababini so'raganimizda, u tushintirib berdiki uchoqdan yuklar tushayotganda hamma yuklar avtomatik tarzda tekshirilganligi va aynan chip o'rnatilagan sumka va egasi bojxona xodimlari ko'rigidan qaytadan o'zi guvohligida o'tishi kerakligi tushintirildi. Qolgan barcha delegatsiya vakillari aeroport tashqarisida chip o'rnatilgan vakilni kutib turdik. Sababi borib so'ralganda shuni bildikki, ushbu sumkada Janubiy Koreya Respublikasiga xududiga olib kirishi ko'rikdan o'tkazilmasdan olib kirilishi taqiqlan go'sht mahsuloti bo'lgan qazi sumkada borligi aniqlangan ekan. Misolni keltirishdan shu narsani bildikki, bojxona tizimi to'liq avtomatlashtirilgan.

2014 yil 3 iyun kunidan boshlab o'quv kurslari boshlandi. Shu kungi o'quv kurslari Seul shahar bojxonasi binosida amaliyot bilan bog'langan xolda ma’ruzalar tinglandi. Bojxona tizimini avtomatlashtirish ishlari dastaval 1974 yildan 1990 yilgacha ma’lumotlar yig'ilganligi ko'rsatib tushintirildi. Janubiy Koreyaning bugungi kunda amalga oshirgan ishlarini dunyo tan olayotganligini aytib o'tish mumkin. Bunga misol qilib ,2009-2012 yilgacha Jahon banki tomonidan eng yaxshi amaliyoti "Doing Business" Koreya logistik markazlarini e’tirof etgan. 2007 yilda Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari ichida elektron savdo operatsiyalarini eng yaxshi amalga oshiruvchi e-ASIA g'olibi bo'lgan.

Axborot texnologiyalarini rivojlantirish evaziga juda ko'p faktorlar ham o'zgartirilgan. Bunga misol qilib, axborotlashtirish evaziga siyosatdagi imkoniyalar ham chegaralangan, xatolar kamaytirilgan, noqonuniy xarakatlar oldi olingan.Xalqaro me’yorlarga xamma soha olib chiqilgan.

Shu sababli, Janubiy Koreya tajribasini bugungi kunda Dominika Respublikasi, Gvatemala, Mongoliya, Nepal, Kirg'iziston, Ekvador, Tanzaniya Qozog'iston Respublikalari ham amaliyotga tadbiq etmoqda.

 

SH.Ahmatov

"Ekoaxborotistiqbol"

boshqarmasi boshlig'i

Toshkent-Seul-Toshkent


2014-06-20

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika