Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISHI VA UNING OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI

ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISHI VA UNING OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI

Atmosfera massasi 5,3*1015 tonna bo‘lib, u sayyoramiz massasining 1*106 qismini tashkil qiladi.

Atmosferaning Yerga eng yaqin joylashgan qatlami qalinligi ekvator tepasida 16-18 km.ni, qutb tepasida esa 7-9 km.ni tashkil etadi. Bu qatlamda atmosfera havosining 80 foizi joylashgan bo‘lib, asosiy ob-havo o‘zgarishlari shu yerda hosil bo‘ladi.

Atmosfera havosi shamol va havo bosimining o‘zgarishi tufayli har doim harakatda bo‘ladi. Hozirgi fan va texnika rivojlangan davrda, insoniyatning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari yil sayin ortib bormoqda. Sanoat taraqqiy etgan mintaqalarda atmosfera nisbatan ko‘proq ifloslanadi. Umumiy tashlanmalarning 90 foizga yaqini Shimoliy Amerika, Yevropa va Sharqiy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.

Bugungi kunda avtotransport vositalarini tashlanma gazlari bilan bog‘liq ekologik muammolarni hal etish ustida jahonning ilmiy markazlari tadqiqotlar olib bormoqda. Shunga ko‘ra, avtomobillarni muqobil yonilg‘i turiga o‘tkazgan taqdirda tashlanma gazlar miqdori keskin kamayadi.

Muqobil yonilg‘i deyilganda to‘liq yonib, tashlanma gazlar kam hosil qiluvchi yonilg‘i turi tushuniladi. Binobarin, 1 tonna etillangan benzin yoqilganda 0,7883 tonna, suyultirilgan neft gazi yoqilganda 0,208 tonna tashlanma gazlar ajraladi. Tajriba va amaliyotdan ma’lumki, avtomobil motorining gaz almashinish jarayonidagi nuqsonlar bartaraf etilsa, yonilg‘i sarfi 15 foizga kamayadi, quvvati esa 20 foizga oshadi.

Atmosfera havosi zaharli gazlar va chang tufayli ifloslanadi. Atmosfera havosida minglab ifloslovchi gazsimon moddalar bo‘lib, bular atrof-muhit va insonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda Yer kurrasida 10 mln. tonnadan ortiq shunday ifloslantiruvchi moddalar to‘planib qolgan.

Atmosfera havosining ifloslanishi quyidagi omillarga bog‘liq: tashlanma miqdori, shamol tezligi va yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgarishi; havo namligi, tashlanma manbayi orasidagi masofa; tashlanma balandligi.

Atsofera kislorodi almashinib turadi. Lekin tirik organizmlarning havo o‘zgarishiga ta’sirchanligi yuqori bo‘lib, atmosfera ifloslanishi muhim tabiiy resurslarning sezilarli darajada yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.

Tabiat o‘zini o‘zi tozalash xususiyatiga ega. Atmosferaning ifloslanishi va tozalanishi o‘zaro teskari jarayonlar hisoblanadi. Har qanday ifloslanish tabiat uni bartaraf etishi uchun himoya reaksiyasini talab etadi. Tabiatning bu qobiliyatidan insoniyat uzoq vaqt davomida o‘z maqsadi yo‘lida foydalanib keldi. Masalan, uzoq yillardan buyon ishlab chiqarish chiqindilari tabiat tomonidan qayta ishlanadi, deb havoga chiqarib tashlandi. Atmosferaning o‘zini tozalash qobiliyatining ma’lum chegarasi bo‘lib, agar bu chegara buzilsa, atmosferada o‘zini tozalash chiqindining to‘liq tarqalishi va parchalanishini ta’minlay olmaydi. Hozirgi vaqtda atmosfera buzilishi Yer sayyorasining eng muhim ekologik muammolaridan biri hisoblanadi.

Atmosfera havosining tozaligini saqlash maqsadida hozirgi kunda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirish maqsadga muvofiq: 1) shaharlarda atmosfera havosini kuchli ifloslantiruvchi sanoat korxonalarini joylashtirish mumkin emas. 2) qurilayotgan sanoat korxonalarini aholi zich joylashgan yerlardan uzoqroq joyga shamol yo‘nalishini hisobga olgan holda joylashtirish kerak va uning atrofida sanitar himoya zonalarini barpo qilish zarur. 3) sanoat korxonalari albatta tepalik va shamol yaxshi yuradigan yerlarga joylashtirilishi lozim. 4) zaharli gazlarni tashlaydigan minoralarning balandligi 250-300 metr bo‘lishi kerak. 5) yoqilg‘ilarni gaz va elektr turlari bilan almashtirish darkor. 6) atmosfera havosini himoya qilishning eng asosiy chora-tadbirlaridan bir tozalagich moslamalar va inshootlar qurishdir.

Lekin yuqorida keltirilgan chora-tadbirlar atmosfera havosini ifloslanishdan saqlash uchun yetarli emas. Buning uchun, eng avvalo, sanoat korxonalarida hosil bo‘layotgan chiqindilar miqdorini keskin kamayishiga erishish zarur.

Zaharli gazlar miqdorini kamaytirishning texnologik choralari esa quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: 1) texnologik jarayonlar borishi davomida zaharli moddalar hosil bo‘lish mexanizmini o‘rganish; 2) asosiy inshootlar konstruksiyasini takomillashtirish; 3) xomashyo sifatida ishlatiladigan zaharli moddalarni kam zaharli yoki umuman toza turlari bilan almashtirish; 4) chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilish; 5) respublikamizda mavjud bo‘sh joylarga daraxtlar ekish.

Yuqorida keltirilgan texnologik tadbirlar ichida zaharli moddalar hosil bo‘lish mexanizmini o‘rganish bugungi kunning eng dolzarb masalasi sanaladi.

 

 

A.AMANOV, M.ABDURAXMANOV,

Namangan muhandislik-texnologiya

instituti o‘qituvchilari


2016-11-10

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika