Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari R.Fayziyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiyasi bo‘yicha ma’ruzasi

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari R.Fayziyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiyasi bo‘yicha ma’ruzasi

Assalomu alaykum hurmatli deputatlar, yig‘ilish ishtirokchilari!

Avvalambor, ma’ruzamizni hurmatli prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan chiqindilarni to‘plash, saqlash, tashish, ko‘mish, qayta ishlash borasidagi belgilangan vazifalar va mulohazalariga to‘xtalib o‘tmoqchiman.

Hozirda chiqindilarni to‘plash, saqlash, tashish, ko‘mish, qayta ishlash borasida vertikal tuzilma mavjud emas.

Sanitar jihatdan tozalash bilan bog‘liq masalalar majmuasi bo‘yicha respublika, viloyat, ayniqsa shahar va tuman miqyosida qaysi bir aniq boshqaruv organidan, shuningdek qaysi bir aniq mansabdor shaxsdan  talab qilish mumkin?

Ushbu barcha ishlar bo‘yicha tizimli nazoratni qanday qilib ta’minlash mumkin? Ishning yakuniy natijasini kimdan so‘ramoq lozim?

Obodonlashtirish, sanitar jihatdan tozalash, tashish korxonalari, soliq inspeksiyalari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va hokimliklar tizimlari bo‘linmalarining mas’uliyatlarini qanaqasiga va qanday qilib bog‘lash (muvofiqlashtirish) kerak?

Qanday boshqaruv organini yaratish lozim? SES, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va boshqalarning imkoniyatlarini ko‘rib chiqish kerak.

Bugungi kunda Respublikada bir kunda 10-12 ming tonna, bir yilda esa 4,4 mln. tonna maishiy chiqindi hosil bo‘ladi, 2030-yilga borib, maishiy chiqindilarning hosil bo‘lishi yiliga 7 mln. tonnaga etishi taxmin qilinmoqda.

Ma’lumki, chiqindilar ikki turga bo‘linadi. Birinchisi – maishiy qattiq chiqindilar va sanoat chiqindilari. Respublikamizda sanoat chiqindilari 101 mln. tonna atrofida hosil bo‘ladi. Shundan, 11,7 mln. tn – qayta ishlanmaydigan toksik va notoksik chiqindilar bo‘lsa, 89,3 mln. tn – qayta ishlanadigan toksik va notoksik chiqindilarni tashkil qiladi.

Sanoat chiqindilari hosil bo‘lishining asosiy hajmlari respublikamizning quyidagi yirik korxonalariga: «O‘zkimyosanoat» AJ 76,3 mln.tn – fosfogips; 2,2 mln.tn – galit chiqindilari, «O‘zbekenergo» AJ 15,7 mln.tn – kul-qurum, toshqol chiqindilari, «O‘zmetkombinat» OAJ598,5 ming tn - metallurgiya shlamlari, «O‘zbekneftegaz» MXK8,5 ming tn – neft shlamlari, Navoiy kon-metallurgiya kombinati 24 ming tonnashinalar, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 3 ming tonnashinalarto‘g‘ri keladi.

Shuningdek, yurtimizda 278 ta chiqindilarni qayta ishlaydigan korxonalar mavjud, shulardan 50 ta sanoat chiqindilarini, 228 tasi maishiy chiqindilarni qayta ishlash bilan shug‘ullanadi.

Endi chiqindilarni boshqarish tizimining bugungi holatiga to‘xtalib o‘tsak. Misol tariqasida Quyi-Chirchiq tumanini oladigan bo‘lsak, unda sanitar jihatdan tozalashning tuman xo‘jalik hisobidagi uchastkasida chiqindilarni olib chiqish jadvali va sxemalari, maxsus texnika ishi ustidan nazorat mavjud emas. Shartnomalar bilan qamrab olinganlik 15,5%, ya’ni past darajada, debitor qarzdorlik esa 80%ni tashkil etmoqda.

Chiqindilar poligoni 1996-yilda tuman hokimligining qarori bilan tashkil etilgan bo‘lsa-da, lekin to‘siq, elektr energiya, dezobaryerlar yo‘q.

«Toshloq» aholi punktidagi yangi poligon qurilishi bajarilmagan. Joylardagi tuman hokimligi, SES markazi va tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan sust nazorat olib borilgan (tuman miqyosida chiqindilar bilan ishlaydigan inspektorlar mavjud emas). Bu holat respublikamizning barcha tumanlarida ko‘zga tashlanmoqda.

Shuningdek, chiqindilarni to‘plash, saqlash, tashish, ko‘mish, qayta ishlash va utillashtirishda hambir qator kamchiliklar mavjud. Xususan, maxsus vakolatli organlar faoliyati va o‘zaro harakatlarini respublika miqyosida vertikal bo‘yicha  muvofiqlashtiruvchi yagona organ mavjud emas. Xizmatlar iste’molchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish (aholini qamrab olinganligi hisobiga olinmay qolgan daromad yiliga 156 mlrd. so‘mni tashkil qilmoqda) va ularni to‘liq qamrab olinganligi, abonentlarning debitorlik qarzlarini uzish ishlari o‘tkazilmagan, chiqindilarni olib chiqish yo‘nalishlari sxema va jadvallari belgilanmagan, chiqindi to‘plash shoxobchalari va poligonlarni joylashish joylari infratuzilmasini qurish, rivojlantirish va maqbullashtirish ishlari tashkillashtirilmagan. Mazkur kamchiliklar natijasida hozirgi kunda tartibsiz ravishda 1428 ta noqonuniy chiqindixonalarpaydo bo‘lgan, ularni bartaraf etish tizimi esa mavjud emas, bu, o‘z navbatida, aholi, yuridik shaxslar tomonidan chiqindilarni to‘plash borasidagi qoida, me’yor va talablarga rioya etilishi bo‘yicha tizimli asosda ta’sirchan profilaktika ishlari amalga oshirilmayotganligi munosabati bilan, sanitar jihatdan tozalashni tashkillashtirish, chiqindilarni to‘plash, tashish, utillashtirish va ularni poligonlarga ko‘mish borasida sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini bermayapti.

Mavjud me’yoriy-huquqiy negiz iste’molchilarga nisbatan ta’sirchan choralarni qo‘llash imkonini bermayapti, xususan ma’muriy jarimalar miqdorining ozligi jismoniy shaxslar uchun - 1/3-1 MIH (50-150 ming so‘m) va yuridik shaxslar uchun - 1-3 MIH (150-450 ming so‘m) iste’molchilarning qonun talablariga rioya etishlarini rag‘batlantirmayapti.

Tizimdagi kamchiliklarga to‘xtaladigan bo‘lsak, bunda Respublika boshqaruv organi yo‘q. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida chiqindilar bilan ishlaydigan bo‘linma tashkil etilmagan, zero, u «Chiqindilar to‘g‘risida»gi O‘zR Qonuniga muvofiq, maxsus vakolatli davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, qonun talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Mavjud poligonlar sanitariya qoidalari va me’yorlariga to‘la javob bermaydi. Respublikada rasman ro‘yxatga olingan 186 ta qattiq maishiy chiqindi poligonlari mavjud. Shu bilan birga, ayrim poligonlarda to‘siqlar – 119 tasida (114 ming p/m); energiya ta’minoti – 161 tasida (260 km); texnik suv ta’minoti – 166 tasida, sanitar uzellar – 152 tasida, maishiy xonalar – 158 tasida, avtomobil yuvish joylari – 163 tasida mavjud emas. Shuningdek, 240 km kirish yo‘llari asfaltlanmagan.

Chiqindilar bilan ishlash tizimini takomilashtirish bo‘yicha kompleks choralar Dasturni amalga oshirishni muvofiqlashtirish va monitoring bo‘yicha Respublika komissiyasiga asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

tizimli monitoring o‘rnatish orqali, chiqindilar bilan ishlash sohasidagi chora-tadbirlar Dasturini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha respublika organlari darajasida amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtirish;

chiqindilar bilan ishlash tizimini takominlashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar Dasturining bajarilishi to‘g‘risida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rastish Vazirligi, joylardagi ijroiy xukumat organlari, aloqador vazirlik va idoralar hisobotlarini har chorak yakuni bo‘yicha eshitish; 

zaruriyatga qarab investitsiya dasturining manzil ro‘yxatiga chiqindilar bilan ishlash tizimini rivojlantirishga taalluqli qismiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar  kiritish;

tuman obodonlashtirish boshqarmalarining xo‘jalik hisobidagi uchastkalari  va maxsus sanitar tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning iqtisodiy barqarorligi va ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini oshirish bo‘yicha qarorlarni ko‘rib chiqish va qabul qilish;

Chiqindilarni saralash va ularni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Ko‘rib turganingizdek, chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘plash, saqlash, tashish, joylashtirish, qayta ishlash hamda utilizatsiya qilish ustidan nazorat qilish Inspeksiyaga yuklatilgan bo‘lib, ularga quyidagi vazifalar belgilab berildi.

Jismoniy va yuridik shaxlar, shuningdek maxsus sanitar tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, joylardagi hokimiyatlar, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining faoliyati ustidan davlat kunlik nazoratini tashkil etish; muntazam ravishda tartibsiz chiqindixonalarning faoliyatini tugatish ishlarini tashkil etish; qonun buzilishlarini oldini olish va to‘xtatish; chiqindilar bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish, davlat kadastrini yuritish; jamoatchi ekologik nazorati mexanizmiga keng ko‘lamda qo‘llashda ko‘maklashish va aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish.

Mazkur slaydda chiqindilarni to‘plash, saqlash, tashish, joylashtirish, qayta ishlash hamda utilizatsiya qilish sohasida boshqaruv  va nazorat idoralararo tuzilmasi aks etgan.

Noqonuniy chiqindixonalarani tugatish bo‘yicha loyihalar ham ishlab chiqilgan. Buni Jizzax misolida ko‘rish mumkin (28-slayd).

Quyidagi slaydda respublikada hosil bo‘lgan 1428 noqonuniy chiqindixonalarni tugatish uchun sarf bo‘ladigan taxminiy mablag‘ keltirib o‘tilgan.

Keyingi slaydda ixtisoslashgan sanitar tozalash tashkilotlari va tuman obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan qattiq maishiy chiqindilar poligonlari holatini yaxshilash borasidagi dasturni amaliyotga tatbiq etish jadvali keltirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 315-sonli buyrug‘ining davomi sifatida yangi poligonlarni qurish qo‘shimcha ehtiyoji 44 ta poligon, 35,5 gektarni tashkil etmoqda.

2017-2021-yillar davrida xalqaro moliya institutlarini jalb qilgan holda sanitar tozalash tizimiga 161,1 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‘ investitsiya kiritish mo‘ljallanmoqda.

Qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida amaldagi «Chiqindilar to‘g‘risida»gi O‘zR qonuni, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining nizomi va tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish maqsadga muvofiq.

E’tiboringiz uchun katta rahmat!


2017-03-13

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika