Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Daryolar o‘zanlarini tozalash ustidan tekshirishlar endi Respublika kengashi bilan muvofiqlashtirilmaydi

Daryolar o‘zanlarini tozalash ustidan tekshirishlar endi Respublika kengashi bilan muvofiqlashtirilmaydi

Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qarorlari bilan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarga qo‘shimchalar kiritildi.

Hujjatga muvofiq, vakolatli organlarning amalga oshirish uchun Respublika kengashi yoki viloyat komissiyalaridan qo‘shimcha rozilik olish talab qilinmaydigan nazorat funksiyalari ro‘yxati kengaytirildi.

Endi yakka tartibdagi tadbirkorlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar tomonidan daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlari ustidan nazorat muvofiqlashtirishsiz olib boriladi. Amalga oshiriladigan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentabrdagi PQ-3286-son “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

Nazorat funksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bajaradi.


2017-12-26

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika