Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > 100 SAVOLGA 100 JAVOB TURKUMIDAN

100 SAVOLGA 100 JAVOB TURKUMIDAN

1. Daraxt kesish uchun ruxsatnoma kim tomonidan beriladi?

O‘zbekiston Respublikasi «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunining 37-moddasi 2-qismi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 13-bandiga asosan o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga faqat hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishgan holda, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko‘ra, binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarning qurilishi bilan bog‘liq sanitariya kesishlari tartibida yo‘l qo‘yiladi.

2. Daraxtlarning noqonuniy kesilishi aniqlanganda qayerga murojaat etiladi?

Daraxtlarni noqonuniy kesish holati aniqlanganda, Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyalariga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining “Ishonch telefoni”ga murojaat qilish lozim.

3. Daraxtlarni necha metr kaltalikda kesish mumkin?

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi botanika va zoologiya instituti huzuridagi akademik F.N.Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘ining 2017-yil 2-oktabrdagi 225-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining 2017-yil 18-oktabrdagi xatlariga asosan chinor, eman, shumtol, akatsiya, zarang va boshqa turdagi ko‘p yillik manzarali daraxtlarni har qanday uzunlikdagi tepa tana qismidan kesish qat’iyan taqiqlangan.

4. Daraxt kesilganligi haqida necha kun mobaynida murojaat qilish kerak?  Ancha yil avval kesilgan daraxt bo‘yicha ham shikoyat qilish mumkinmi? 

Tajribadan kelib chiqib, kesilgan daraxtlar haqida uch yilgacha yoxud huquqbuzarlik holati aniqlangan zahoti shikoyat qilish mumkin.

5. Qay tarzda o‘simlik dunyosi obyektlarini tabiiy muhitdan g‘amlashga (to‘plashga) ruxsatnoma olish mumkin?

O‘simlik dunyosi obyektlarini tabiiy muhitdan g‘amlashga (to‘plashga) ruxsatnoma olish uchun “Yagona darcha” markazlari orqali Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga ariza bilan murojaat qilish lozim.

6. O‘simlik dunyosi obyektlarini tabiiy muhitdan g‘amlashga (to‘plashga) ruxsatnoma olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

O‘zbekiston Respublikasining “Qizil kitob”iga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlarini tabiiy muhitdan g‘amlashga (to‘plashga) ruxsatnoma olish uchun quyidagi hujjat va ma’lumotlar talab qilinadi:

- yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;

- jismoniy shaxsning ma’lumotlari – familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;

- o‘simlik turi, uning g‘amlanadigan qismlarini – barglari, ildizlari, mevalari, sharbati va boshqalarni ko‘rsatgan holda;

- g‘amlash yoki to‘plash usuli;

- g‘amlash hududi (viloyat, tuman);

- g‘amlash yoki to‘plash hajmi (kg, tonna, dona, kubometr);

- g‘amlash (to‘plash) muddatlari.

Tabiatdan foydalanuvchining o‘simlik turlarini g‘amlash (to‘plash), olishga oid arizasida o‘simlik turlarini g‘amlash (to‘plash), olish nazarda tutilayotgan hududlarning yer egalari, yerdan foydalanuvchilarning yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining roziligi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.

7. O‘simlik dunyosi obyektlarini tabiiy muhitdan yig‘ish (g‘amlash), olib kirish va chetga olib chiqishga doir to‘lovlar qaysi me’yoriy hujjatlarga asosan tartibga solinadi?

O‘simlik dunyosi obyektlarini tabiiy muhitdan yig‘ish (g‘amlash), olib kirish va chetga olib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi 290-sonli qarori bilan tartibga solinadi.

8. O‘simlik dunyosi obyektlarini tabiiy muhitdan yig‘ish (g‘amlash), shuningdek, ularni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga qanday imtiyozlar belgilangan?

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda O‘zbekiston Respublikasining yalang‘och qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan tuzilgan yalang‘och qizilmiyani yetkazib berishga oid shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni ijro etish yuzasidan yalang‘och qizilmiyani g‘amlash (to‘plash) sharti bilan yalang‘och qizilmiyani g‘amlashda (to‘plashda) o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olishdan ozod etiladi.

O‘simlik dunyosi obyektlari g‘amlaganlik (to‘plaganlik) uchun to‘lovlarni kamaytirish shaklida beriladi:

belgilangan to‘lovlarning 50 foizi miqdorida kamaytirish – “Qizil kitob”ga kirmaydigan hamda har yili O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilgan yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan (yalang‘och qizilmiyadan tashqari) ekstrakt tayyorlanganda yoki O‘zbekiston Respublikasining ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan ularni xomashyo sifatida yetkazib berish yuzasidan shartnomalar mavjud bo‘lganda;

plantatsiyalar tashkil etish maqsadida ekish materiallari (urug‘lar, ko‘chatlar) uchun belgilangan to‘lovlarning 90 foizi miqdorida kamaytirilgan va O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari yalang‘och qizilmiyani xomashyo sifatida O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqqanliklari uchun to‘lovlardan (1 tonnasi uchun 225 AQSH dollari) 2018-yil 31-dekabrgacha ozod qilingan.

9. O‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun ruxsatnomalar kim tomonidan beriladi?

O‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun ruxsatnomalar Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan rasmiylashtiriladi.

10. O‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

O‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun quyidagi hujjat va ma’lumotlar talab qilinadi:

yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;

jismoniy shaxsning ma’lumotlari – familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;

turlar bo‘yicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan o‘simliklarning, ularning qismlari, mevalari, urug‘lari va botanika kolleksiyalari miqdori va soni. Botanika kolleksiyalarini chetga olib chiqishda eksponatlar har bir nusxasining soni ko‘rsatiladi;

chetga olib chiqish (mamlakat, shahar) yoki olib kirish joyi;

olib chiqish uchun asos – yovvoyi o‘simlikning qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat (yovvoyi o‘simliklarni qonuniy g‘amlash (to‘plash) olishga ruxsatnomaning tartib raqami).

11. Favqulotda vaziyatlar yuzaga kelganda (daraxtning tag qismidan o‘tgan quvur yorilsa yoki shox-shabbalar simyog‘ochga tegib o‘t chaqnasa) daraxtlarning kesilish tartibi qanday?

O‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesish tartibi O‘zbekiston Respublikasi «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunining 37-moddasida belgilangan.

(Davomi bor)


2017-12-27

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika