Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Zangiota tumanida noqonuniy chiqindixona aniqlandi

Zangiota tumanida noqonuniy chiqindixona aniqlandi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan chiqindi tashlanayotgan noqonuniy joylarni aniqlash bo‘yicha tezkor reyd o‘tkazildi.

Hududdagi Erkin va Qatortol qishloqlarini ajratib turuvchi “Bo‘rijar” kanali qirg‘oqlari turli qurilish, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar bilan ifloslangani aniqlandi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, kanal atrofida sanitariya-epidemiologiya holati yomonlashib, yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishigacha borgani aniqlandi. Turli qattiq plastik chiqindilar va chorva o‘g‘itlari to‘kib ketilgani tufayli kanal suvi ifloslangan. Har ikki qishloq ahli ham e’tiborsiz, och qornim – tinch qulog‘im qabilida ish tutmasliklari kerak. Sababi, kanal suvidan chiqayotgan badbo‘y hid uzoq masofagacha tarqalmoqda. Kanal bo‘yida joylashgan korxonalardan suv havzasiga oqizilayotgan oqavalar suvning ifloslanishiga olib kelayotir.

Ushbu holatni bartaraf etishga tuman ichki ishlar bo‘limi, tuman hokimligi, “Toza hudud” davlat unitar korxonasi tuman filiali xodimlari jalb qilindi. Tezkor reyd davomida chiqindilarni noqonuniy ravishda tashlash maqsadida kelgan to‘rtta yuk avtomobili haydovchisi qo‘lga olinib, ularga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma’muriy chora ko‘rildi. Transport vositalari vaqtinchalik jarima maydoniga jo‘natildi.


2018-01-19

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika