Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > YEVROITTIFOQDA BIR MARTALIK PLASTIK QADOQ TAQIQLANADI

YEVROITTIFOQDA BIR MARTALIK PLASTIK QADOQ TAQIQLANADI

Yevropada 12 yildan so‘ng bir martalik plastik qadoq taqiqlanadi. Strategiya Yevrokomissiya tomonidan tasdiqlandi. Yevrokomissiyaning birinchi vitse-prezidenti Frans Timmermansning fikricha, plastik bundan buyon bizning yemagimiz, suvimiz, hattoki jismimizga tegishi kerak emas. Yagona uzoq muddatli qaror – qayta ishlash hisobidan chiqindilar sonini cheklash lozim. DW ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy jahondagi plastik chiqindining yarmidan ko‘pini qayta ishlagan, jumladan, Yevroittifoqdan taxminan 1,5 mln.ga yaqinini. YEI XXR hukumati bilan bir necha yillik o‘tish davrini o‘rnatish haqida kelishib olmoqchi bo‘ldi, biroq muzokaralar muvaffaqiyatli yakun topmadi.

Yevropalik amaldorlarning ta’kidlashicha, yangi strategiya nafaqat cheklovlar yaratadi, balki yangi ishlab chiqarishlarga biznes imkoniyatlarni taqdim etadi. «Xitoyning qarori, albatta, jiddiy chaqiriq, biroq keling bu chaqiriqni imkoniyatga aylantiramiz», – degan Timmersmans. Yevropa boshqa usullar ustida ham bosh qotirmoqda – masalan, plastik qadoqdan foydalanishga soliq.

Amaldorlar ishontirish uslubidan umid qilishmoqda: Timmermans ota-onalarni bolalarga sutli kokteyllardagi sevimli plastik trubkalari tabiiy sharoitda 500 yilgacha bo‘lgan vaqt ichida chirishini aytib berishga chaqirmoqda. Bundan tashqari, plastik utilizatsiyasi va qayta ishlanishi uchun yagona standartlarni ishlab chiqishga to‘g‘ri keladi.

 

Zuhra YARASHEVA


2018-01-22

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika