Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Buxoroda nega saksovulzorlar kesilmoqda?

Buxoroda nega saksovulzorlar kesilmoqda?

G‘ijduvon tumanidagi Gajdumak aholi punkti hududida, Buxoro — Toshkent magistral yo‘lining shundoq yoqasida har kuni saksovul, yulg‘un, o‘rik yog‘ochi ortilgan mashinalar turnaqator tiziladi. 

– Keling, saksovulni 800 ming so‘m, deb turibman, kami bor, — deydi avtomashina haydovchilaridan biri.

– Yulg‘un olaman desangiz, arzonlashtirib beraman, — deydi yana biri avtoulovga ishora qilib. 

Yana biri esa qiziquvchanligimizdan xavotirlanib, “Aka, tirikchilik-da” degan ko‘yi o‘zini chetga tortadi.

Echkiga jon qayg‘usi, qassobga yog‘, deganlaricha bor. Shu yo‘l bilan tirikchilik qilayotganlar tabiatga naqadar katta ziyon yetkazayotganini o‘ylab ko‘rganmikin? Axir, saksovul bilan yulg‘un cho‘lning asosiy o‘simliklaridan sanaladi. Qum ko‘chkilarining oldini olish, garmsel shashtini pasaytirish, ekomuhitni yaxshilashda ularning xizmati beqiyos. 

Gajdumakda esa tabiiy gaz yo‘q. To‘g‘ri, suyultirilgan gaz ta’minoti yo‘lga qo‘yilgan. Ammo u choy qaynatish, ovqat pishirishdan ortmaydi. Ko‘mir ta’minoti haminqadar.

Shunday bo‘lgach, xonadon egalari yulg‘unu saksovul ortilgan mashina egalarining “beminnat” xizmatidan foydalanishga majbur. Bunday oilalar soni, afsuski, kam emas. 


2018-01-25

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika