Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Vahshiylarcha otib o‘ldirilgan jayronlar

Vahshiylarcha otib o‘ldirilgan jayronlar

2018-yil 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioinspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari hududiy inspeksiyasi inspektorlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani “Kitay-kozgan” kollektori hududida olib borilgan tezkor reydlar davrida fuqarolar Turiniyoz Nurabullayev, Sidulla Arzimbetov, Qadirboy Izimuratov, Atamurat Berdiyarov, Salamot Iskandarov boshqaruvida bo‘lgan “UAZ-469” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganida, “Qizil kitob”ga kiritilgan yovvoyi turdagi 20 bosh jayron ov quroli orqali otib, olib ketilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasi ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob yovvoyi jayronlarning nobud qilinishi oqibatida Hayvonot dunyosiga jami 516 720 000 (besh yuz o'n olti million yetti yuz yigirma ming) so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, huquqbuzarlarga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.


2018-01-25

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika