Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > ENDI TERMIZDA HAM CHIQINDILAR QAYTA ISHLANADI

ENDI TERMIZDA HAM CHIQINDILAR QAYTA ISHLANADI

Surxondaryoda  “Bio Texno Eko” MCHJ korxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-sonli “2017–2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan, Angor tumanida tashabbuskor tadbirkor tomonidan umumiy yer maydoni 4 gektarni tashkil etgan “Bio Texno Eko” MCHJ ish boshladi. Sutkasiga 500 tonna, yiliga esa 182500 tonna maishiy chiqindilarni saralab qayta ishlovchi zavod olti oy muddat ichida qurildi.

Shu bilan birgalikda maishiy chiqindilarni saqlash poligoni uchun ham 55 gektar yer maydoni ajratilib, bugungi kunda atrofi to‘liq devor tusiqlar bilan o‘raldi.

Korxona tomonidan Termiz shahri, Termiz va Angor tumanlaridagi maishiy chiqindilarni chiqarish uchun 90 ta maxsus texnika xarid qilindi. Ushbu loyihaning qiymati 8 mln AQSH dollarini tashkil etadi.

“Bio Texno Eko” MCHJ tomonidan aholidan va xo‘jalik yurituvchi subyektlardan chiqindilarni yig‘ish, saralash va qayta ishlashni tashkil etish natijasida  400 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

“BioTexno Eko” korxonasida polimerlar, qog‘oz, yog‘och qoldiqlari, qurilish chiqindilari, shisha, rezina chiqindilari qayta ishlanib tayyor mahsulotlar ishlab chiqiladi. Shuningdek, ekologik xavfsiz bo‘lgan biogumus ham ishlab chiqarish yo’lga qo‘yiladi.

 

M.Nurmatov,

B.Soatmurodov

 

 

 

 


2018-01-30

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika