Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Saksovul «o‘g‘rilari» qo‘lga tushdi

Saksovul «o‘g‘rilari» qo‘lga tushdi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi tezkor guruhi tomonidan o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari atrof-muhitni muhofaza qilish va bioxilmaxillikni asrashda muhim ahamiyat kasb etayotir.

To‘rtkul tumani hududidagi “Miskin” postida joriy yilning 26-yanvar kuni o‘tkazilgan navbatdagi reyd tadbirida saksovul o‘simligini o‘tin sifatida foydalanish uchun kesib olib ketayotgan 6 fuqaro to‘xtatildi.

Fuqarolarga tegishli avtotransportlarning beshtasida o‘rtacha 1 kubometr, bittasida 4,5 kubometr miqdoridagi saksovul yuklangan ekan. Tezkor guruh ularning ishi bo‘yicha hujjatlarni chora ko‘rish uchun tegishli idoraga yubordi.

– Tezkor guruh tomonidan o‘tgan yilning avgust oyidan buyon o‘simlik dunyosi bo‘yicha jami 276 reyd o‘tkazilgan bo‘lsa, aniqlangan dalillar yuzasidan 275 fuqaroga 39 million 455 ming so‘mdan ortiq jarima solindi. Shu bilan birga javobgarlardan nabotot dunyosiga keltirilgan zarar uchun 41 million 627 ming so‘m undirildi, – deydi guruh bosh mutaxassisi F.Aytbayev.

Anvar Nasirlayev, O‘zA


2018-02-01

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika