Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Qoraqalpog‘istonlik fuqaro ko‘chaga chiqindi tashlagani uchun 172 ming so‘m jarima to‘ladi

Qoraqalpog‘istonlik fuqaro ko‘chaga chiqindi tashlagani uchun 172 ming so‘m jarima to‘ladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi hududiy bo‘limi tomonidan 2017-yilda 126 noqonuniy chiqindi tashlash joyi aniqlangan. 297,5 tonna chiqindi maxsus joylarga chiqarilib, yo‘q qilingan. Nukus tumanida o‘tkazilgan reyd davomida "Toqtao‘" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqaro Z.X. "Aq terek" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqaro B.Sh. tomonidan ko‘chaga chiqindi chiqarib tashlanayotgani aniqlandi. Bu fuqarolar bilan tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borildi va ularga eng kam ish haqining bir barobari miqdorida jarima solindi. – O‘tgan yili ekologik nazorat ishlari bo‘yicha belgilangan tartibda 154 reyd o‘tkazilib, noqonuniy chiqindi tashlash joylarini aniqlash bo‘yicha monitoring ishlari amalga oshirildi, – deydi Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi hududiy bo‘limi boshlig‘i M.Nurjanov. – Aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha 98 mahalliy boshqaruv va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, maxsus sanitariya-tozalash korxonalariga, jismoniy va yuridik shaxslarga ogohlantirish berilib, 108 fuqaroga qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rildi. 18 million 575 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

 

Anvar Nasirlaev, O‘zA muxbiri


2018-02-05

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika