Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Toshkent viloyatida so‘nggi uch oyda besh yarim gektar tutzor, mingdan ortiq yakkatut yo‘q qilingan

Toshkent viloyatida so‘nggi uch oyda besh yarim gektar tutzor, mingdan ortiq yakkatut yo‘q qilingan

Toshkent viloyatida yirik tut daraxtlari mavjud. Hattoki, pilla mavsumida Samarqand va Buxoro viloyati pillakorlari ipak qurti ozuqasi – tut barglarini poytaxt viloyatidan olib ketar edi. Ammo viloyatda mana bir necha oydirki tut ko‘chatlarini kesib o‘tin qilish holatlari qayd etilmoqda.

– Aholi va tadbirkorlar 30-40 yillik daraxtlarni ham betartib kesib ketmoqda, – deydi Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani «Agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Komiljon Ortiqov. – Bir necha kun avval eshak aravada tut shoxlarini olib ketayotganlarni ko‘rib, to‘xtatdik. Ulardan bu shoxlarni qayerdan olganini aniqlab, manzilga bordik. Surishtirdik. Ma’lum bo‘lishicha, daraxtlarni boshqalar kesib ketgan, bu odamlar mayda shoxlarni yig‘ib ketayotgan ekan. Ekologiya mas’ullarini vaziyat haqida xabardor etgan bo‘lsak-da, aybdorlar shu paytgacha topilmadi.

Ma’lum bo‘lishicha, Chinoz, Bekobod, Quyichirchiq, Yangiyo‘l tumanlarida dala va yo‘l chetidagi ko‘p yillik daraxtlar ayovsiz kesib ketilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, noyabr, dekabr, yanvar oylari davomida besh yarim gektar tutzor va mingdan ortiq yakkatut yo‘q qilingan.

Masalaga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan bu borada ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan qiziqdik.

– Viloyat hududida o‘tkazilgan tezkor reydlar davomida 20 ga yaqin mansabdor shaxsga jarima jazosi qo‘llanilib, zarar undirib olindi, – deydi boshqarma vakili Xurshid Niyozov. – Tut daraxtiga kuz va qish oylarida shakl berish, kesish qat’iyan taqiqlanadi. Daraxtlarga noqonuniy shikast yetkazganlik va ularni kesganlik uchun qonunchilikda javobgarlik choralari ko‘zda tutilgan. Xususan, bitta daraxt kesilsa, yetkazilgan zararga qarab, aybdorga eng kam ish haqining 30 foizidan tortib, ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazo tayinlanishi mumkin.           

 

Sayyora Shoyeva, O'za


2018-02-07

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika