Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Ondatra "ovchilari" javobgarlikka tortildi

Ondatra "ovchilari" javobgarlikka tortildi

Inson o‘zini o‘rab turgan atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi lozim. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunida so‘z yuritilgan bo‘lib, ushbu tartibni buzgan shaxslarga nisbatan tegishli jazo belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Ammo hamma ham bu kabi qonunlardan boxabar emas yoki bilsa-da, unga amal qilmaydi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari bo‘yicha Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida xuddi shunday qonunbuzilish holatiga duch kelindi. Kasbi tumanidagi Pandron qishlog‘ida yashovchi fuqarolar Arslon Yo‘ldoshev va Burxon Yo‘ldoshev Qarshi-Mirishkor avtomobil yo‘li chetidagi kanaldan taqiqlangan qo‘lbola qafaslar yordamida 26 bosh ondatrani noqonuniy tarzda ovlaganliklari aniqlandi. Qonunga zid bu harakat natijasida hayvonot dunyosiga 22 million 391 ming 200 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Ushbu holat yuzasidan tegishli tartibda viloyat prokuraturasiga ma’lumot kiritildi va aybdorlar javobgarlikka tortildi.

Unutmaslik kerakki, tabiatdagi hech bir jonzot egasiz emas. Ularni ov qilish, tabiat qo‘ynida erkin yurgan jonivorni tutib olish, undan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ovning esa o‘z mavsumi va tartib-qoidalari bor. Bularni bilgan va amal qilgan kishi yuqoridagi singari noxush ishga qo‘l urmaydi.

 

Ulug‘bek MAMASHARIPOV,

inspeksiya xodimi


2018-02-09

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika