Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Kogonda chiqindilarni saralash va qayta ishlash zavodi ish boshladi

Kogonda chiqindilarni saralash va qayta ishlash zavodi ish boshladi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida yangi bunyodkorlik loyihalari bilan tanishar ekan, ularni takomillashtirish va qisqa muddatlarda amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan edi. 

O‘tgan qariyb bir yil davomida mazkur loyihalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Kogon tumanida chiqindilarni saralash va qayta ishlash zavodi ish boshladi. 

Korxonaga tumandagi foydalanilmay yotgan bo‘sh bino va inshootlar investitsiya kiritish majburiyati bilan "nol" qiymatda berildi. Shartnomaga ko‘ra, 1,6 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, yordamchi binolar ta’mirlandi. 5,5 milliard so‘mlik investitsiya kiritilib, zavodning asosiy ishlab chiqarish binolari qurildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va uning viloyat filiali tomonidan ajratilgan 6 million AQSh dollaridan ziyod kredit hisobidan loyihaning birinchi bosqichi nihoyasiga yetkazildi. Xitoyda ishlab chiqarilgan chiqindilarni saralash liniyasi o‘rnatildi. U bir kecha-kunduzda 450 tonnagacha chiqindini qabul qilish quvvatiga ega. Zavodning chiqindilarni saralash liniyasi, aniqrog‘i, korxonasida konveyyer asosida dastlab og‘ir jismlar – metall, tosh va shisha, so‘ngra yaroqsiz rezina va avtoshinalar, yog‘och-taxta bo‘laklari, shox-shabba va xazon, makalatura, qurilish chiqindilari, plastmassa idishlar, yaroqsiz va qiyqim matolar saralanadi. Barcha jarayon to‘liq va yarim to‘liq avtomatlashtirilgan tarzda boshqariladi. 

Chiqindilardan tayyorlanayotgan isitish qozonxonalarida foydalaniladigan muqobil piroliz yoqilg‘isi, briket, sintetik tola, qog‘oz karton, to‘qimachilik matosi, pishgan g‘isht, biogumus va boshqa mahsulotlar xaridorgir. Hademay, mato qiyqimlari va yaroqsiz matolardan to‘qimachilik gazlamasi ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yiladi. 

– Faoliyati ko‘pqirrali bo‘lgan loyihaning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va ekologik ahamiyati ham katta, – deydi “Aholitrans” mas’uliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori Sohib Kenjayev. – U Buxoro va Kogon shaharlari, Buxoro, Kogon tumanlarida hosil bo‘ladigan turli maishiy chiqindilarni qayta ishlash orqali mazkur hududlardagi atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya holatini yaxshilashga xizmat qiladi. Hozirgi paytda chiqindilarni tashish xizmati, saralash, qayta ishlash, qadoqlash sexlari va boshqa yordamchi bo‘linmalarda 350 dan ziyod kishi mehnat qilmoqda. 

Erkin Yodgorov, O‘zA


2018-02-16

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika