Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Sirdaryoda «Toza hudud» davlat unitar korxonalari tashkil etildi

Sirdaryoda «Toza hudud» davlat unitar korxonalari tashkil etildi

Sirdaryo viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi huzurida «Toza hudud» davlat unitar korxonalari tashkil etildi.

Yangi tashkil etilgan «Toza hudud» davlat unitar korxonasini maxsus texnikalar bilan ta’minlash uchun joriy yilda viloyat mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 17,3 milliard so‘m miqdorida mablag‘ moliyalashtirish rejalashtirildi. Jumladan, 19 dona chiqindi tashish maxsus texnikasi xarid qilish uchun 9,1 milliard so‘m, 18 dona traktor tirkamasini sotib olish uchun 4,2 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, joriy yilda viloyat bo‘yicha 8 ta chiqindi to‘plash shoxobchalarning atrofini o‘rash xarajatlari uchun 3,4 milliard so‘m hamda 1 ta yangi chiqindi to‘plash shoxobchasini barpo etish uchun 620,0 million so‘m mablag‘lar to‘liq mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtirish rejalashtirildi.

Bundan tashqari, 2018-yilda tuman va shahar markaziy ko‘chalarini, qishloq aholi punkt ko‘chalarini hamda shahar tipidagi posyolkalar yo‘llarini to‘liq va joriy ta’mirlash xarajatlari uchun 10,5 milliard so‘m mablag‘ mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan ajratiladi.

 


2018-02-20

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika