Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > 3 mart – Butunjahon yovvoyi tabiat kuni

3 mart – Butunjahon yovvoyi tabiat kuni

Tabiatda cheksiz narsaning o‘zi yo‘q. Bu insoniyatni tabiatga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lib, uning jamiki ne’matlaridan tejab-tergab, o‘z o‘rnida foydalanishga chorlaydi. 2013-yil 20-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 68-sessiyasi qarori bilan yovvoyi fauna va flora olami masalalari bo‘yicha xabardorlikni oshirish maqsadida 3 mart – Butunjahon yovvoyi tabiat kuni deb e’lon qilindi. Bu sana 1973-yilda Yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi haqida Konvensiya (SITES) qabul qilingan kunga to‘g‘ri keladi. Butunjahon yovvoyi tabiat kuni bizga yovvoyi tabiatni muhofaza qilish zarurati, unga nisbatan jinoyatlar sodir etilishiga qarshi kurashish, yetkazilgan zararning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy oqibatlari haqida eslatadi. Ma’lumki, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bilan alohida davlat muassasalari shug‘ullanadi. Ushbu sanada atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha ko‘plab xalqaro konvensiyalar imzolanadi. Yovvoyi tabiatni asrashga katta e’tibor berilayotganiga qaramasdan, qonunbuzarlik holatlari hamon davom etayotgani achinarli hol. Yovvoyi tabiatning qay darajada saqlanishi insonlarning ekologik, genetik, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy, ma’rifiy, madaniy va estetik turmush tarzi bilan bog‘liq. Shu bois, barcha davlatlar, xalqaro tashkilotlar va nodavlat tashkilotlarga, qolaversa, oddiy aholiga ushbu bayram tadbirlarida faol ishtirok etish tavsiya qilinadi. 


2018-02-21

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika