Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Har bir huquqbuzarga jazo muqarrar

Har bir huquqbuzarga jazo muqarrar

Sirdaryo viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan 2018-yilning 2 oyi davomida bir qator chora-tadbirlar rejasi amalga oshirilib, hududlarda ekologik reydlar doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

Ammo, soha xodimlarining korxonalarda, mahallalarda va aholi orasida olib borayotgan tushuntirish ishlariga qaramay, tabiatga zarar yetkazish va qonun buzilish holatlari hamon uchrab turibdi.

Sayxunobod tumani, Guliston MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Obid Sodiqov yaxshi niyatlar bilan uyini ta’mirlaydi. Biroq, qurilishdan chiqqan turli xil qurilish materiallarini belgilangan joyga olib borib tashlamasdan, ularni yoqib yuborgan. Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektori O.Sariyev tomonidan ogohlantirilishiga qaramay O.Sodiqov olov yoqishni davom ettirgan. Natijada fuqaro O.Sodiqov O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 1-qismi bilan javobgarlikka tortilib, unga nisbatan jarima belgilandi.

Sirdaryo tuman, Sholikor MFY, Furqat ko‘chasida yashovchi fuqaro Alisher Abduraxmonov 2018-yilning 12-fevral sanasida uyidan chiqqan turli xil ko‘rinishdagi maishiy chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlayotgan vaqtida soha inspektorlari tomonidan ushlangan. Fuqaro A.Abduraxmonov O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-moddasi 1-qismi bilan javobgarlikka tortilib, unga nisbatan ham jarima belgilandi.

 

 

Murod DUSENO,

yetakchi mutaxassis


2018-02-24

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika