"Hashar week" loyihasi doirasidagi tanlov g'oliblari taqdirlandi
27.
03. 2019
13:19
1172
Yangiliklar

2019 yil 26 mart kuni Davlat ekologiya qo'mitasida "Hashar week" loyihasi doirasida o'tkazilgan tanlov g'oliblarini taqdirlashga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Unda O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi Baxrom Kuchkarov soʻzga chiqib ishtirokchilar, gʻoliblar va koʻngillilarni loyiha doirasida o'tkazilgan tadbirlardagi faol ishtiroki uchun samimiy qutlab, loyiha homiylariga va tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdi.  Loyiha yakunlari boʻyicha jismoniy shaxs yoʼnalishi boʻyicha  gʻoliblarga qimmatli sovgʻalar topshirildi. Unga koʻra faxrli birinchi oʻrinni O.Gulyamov, ikkinchi oʻrinni B. Poʻlatov, uchunchi oʻrinni esa B.Kamilovlar egallashdi. Bundan tashqari tadbir davomida oʻzining faoligi  bilan ishtirok etgan kongillilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Eslatib o'tamiz mazkur tanlov 4 ta toifa vakillari o'rtasida o'tkazildi: jismoniy shaxs, tashkilotlar, oliy o'quv yurtlari va umumta'lim maktablari. Boshqa toifa vakillarining talab va istaklariga muvofiq tanlov 3 ta toifa vakillari o'rtasida davom etadi.

Foydali manbalar