Surxondaryo viloyati. Rasmiy munosabat
25.
05. 2021
18:18
762
Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda «Surxondaryo viloyati Muzrabod tumanida odamlar qo‘ylarni bo‘g‘izlab ketayotgan nomaъlum hayvonni urib o‘ldirdi» sarlavha ostidagi videomurojaat Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan IIB bilan 24-25 may kunlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Aholi bilan suhbat jarayonida nomaъlum hayvon tomonidan 10 dan ortiq chorva mollari bo‘g‘izlab ketilganligi va mahalla fuqarolari yig‘ilib, tunda hayvonni taъqib qilib, tayoqlar yordamida urib o‘ldirganliklarini maъlum qildilar.

«Oriyat» mahallasi hududidagi «Shomurodov Akbar» fermer xo‘jaligiga qarashli dalaning chetida ikki bosh nomaъlum hayvonning bolalari topib olindi. Hozirda ushbu hayvon bolasi qarovsiz qolib ketganligi va ushbu hayvonni saqlab qolish hamda turini aniqlash maqsadida Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar